Gari Kexill London klubiga o'tishi mumkin

Alisher
5 avg 2019
Himoyachi Gari Kexill Angliya premer-ligasida qolishi mumkin.

Futbolchi erkin agent maqomida "Kristal Pelas" bilan shartnoma tuzmoqchi.

Kexillning "Chelsi" bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng, tomonlar shartnomani uzaytirishmadi.

Himoyachi faoliyatini "Aston Villa"da boshlagan va shu klub tarbilanuvchisi hisoblanadi. Gari "Chelsi"ga qadar "Aston Villa", "Byornli", "Sheffild Yunayted" va "Bolton" klublarida o'ynagan.

Kexill yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 6ta o'yinda qatnashdi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun