So’nggi yangiliklar

00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 00:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

"Kevo" - "Milan" o'yinidan oldin Jennaro Gattuzo fikrlari bilan o'rtoqlashdi Yangiliklar

"Kevo" - "Milan" o'yinidan oldin Jennaro Gattuzo fikrlari bilan o'rtoqlashdi

"Milan" bosh murabbiyi Gattuzo A Seriya 27 turidan oldingi matbuot konferenciyasida ishtirok etdi.

"Kevo" haqida: "Bugun juda qiyin o'yin bo'ladi. Biz g'alaba qozonishimiz kerak, lekin bu oson bo'lmaydi. "Kevo" raqiblariga o'ynashida, gol urishida ko'p marotaba halal beradi. Biz etiborli bo'lishimiz va xatoga yo'l qo'ymasligimiz zarur".

Jamoa haqida: "Bazi o'yinchilar maydonga tushamasa darrov xafa bo'ladi. Ammo guruhdoshlarni hurmat qilish kerak. Kontining so'zlaridan xursand bo'ldim. Yana shunday o'yinchilar borki, maydonga kamroq tushurganim uchun mendan o'pkalab yurishadi. Lekin ular mening qarorimni hurmat qilishlari lozim".

Tayyorgarlik haqida: "Biz bugungi o'yinda ehtiyotkor bo'lishimiz zarur. Hozircha derbi haqida o'ylamay, faqat "Kevo"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rdik".

Mavsum oxiri haqida: "Agar bizda o'zgarishlar bo'lsa, bu faqatgina o'yinlar soni ko'pligi tufayli. Kuchimizni to'g'ri taqsimlay olishimiz kerak. Mening ixtiyorimda o'yinchilar etarli. Hammasi birinchi daqiqadanoq maydonga tusha oladi".

"Roma" haqida: "Di Franchesko uchun afsusdaman. U uzoq yillardan beri A Seriyada ishlagan. Lekin baribir jamoam haqida ko'proq qayg'uryapman. Eusebio bilan munosabatim yaxshi, ammo ya hozir bor etiborim "Milan"ga qaratilgan".

Hujum haqida: "O'yinlarni tahlil qilar ekanmiz, Pentek doim orqaroqdan hujumga o'tishiga guvoh bo'lyapmiz. U maydonda shunchaki yugurib yurmasligi uchun unga doim pas berib turishga harakat qilamiz".

Kaldara haqida: "U o'yinga tayyor, ko'ramiz".

CHempionat haqida: "Asosiysi yaxshi natija berish kerak".

Kelajak haqida: "Agar biz bitta o'yinda mag'lub bo'lsak, istefoga chiqaman. Men kelgusidagi ishlar haqida o'ylayotganim yo'q. Eng muhimi — "Milan"ning kelajagi. Kelasi mavsum boshqa klubda bo'lishim ham mumkin. SHuning uchun, hozir va bugun haqida o'ylash kerak".

"Inter" haqida: "Sizningcha, boshqa klub muammolari haqida o'ylab o'tiramanmi? O'zimning tashvishlarim etarli. Lekin fikrimni bilmoqchi bo'lsangiz, Ikardi bilan bo'lgan voqea "Inter"ni yanada kuchliroq qildi".

ECHLdagi o'rin uchun kurash haqida: "Faqat o'zimiz haqimizda o'ylashimiz kerak. Boshqa narsalarga kuch sarflamasligimiz zarur. Eng asosiysi bu — "biz". 3-o'rinda qolish qiyinligini bilaman. Keling yaxshisi, hammasini jimgina kuzatamiz. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi".

Autsayderlar bilan bo'ladigan o'yin haqida: "Bugun 3 ochko olishimiz shart. "Kevo"ni kuchsiz klublar qatoriga qo'shishadi. Lekin aynan shunday jamoalardan ehtiyot bo'lish kerak. Ular juda havfli vaziyatlar yaratishga qodir".

"Lacio" haqida: "Ularning kuchli ekanini bilaman. SHuning uchun, "Roma"ga qarshi o'yinni ko'rishimning hojati bo'lmadi. Italiya Kubogidagi durang — yaxshi natija".

Polshalik hujumchilar haqida: "To'purarlar haqida ko'p gapirishadi. Lekin aynan Polshada shunday o'yinchilarni tayyorlaydigan maktab bor. Italiyada ko'plab polyaklar o'ynaydi. Ular kamgap, lekin samarali futbolchilardan hisoblanishadi".

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика