Kevin-Prins Boateng - Top-4 Evropa chempionatida gol urgan oltinchi futbolchi
24 avg 2016 09:32
Yangiliklar


Kevin-Prins Boateng - Top-4 Evropa chempionatida gol urgan oltinchi futbolchi
Las-Palmas yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng Ispaniya chempionatining 1-turida Valensiyaga qarshi o'yinda (4:2) gol urdi.
SHunday qilib, ganalik futbolchi Evropaning to'rtta eng kuchli ligalarida gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bunga qadar u Angliya, Italiya, Germaniya chempionatlarida to'p kiritgan.
29 yoshli futbolchi bunday natijaga erishgan oltinchi insonga aylandi. Bungacha Florin Reduchoy, George Popesku, Yon-Dal Tomasson, Per Vome va Obafemi Martins kabi futbolchilar mana shu to'rtta chempionatda gol urishgan.
Angliyada Boateng Portsmut safida, Italiyada – Milan, Germaniyada – SHalke safida gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar