Kevin de Bryuyne o'tgan yilgi finaldan keyingi ilk ECHL o'yinidayoq haftaning eng zo'r futbolchisi deb topildi
16 fev 22:10
Yangiliklar
Kevin de Bryuyne o'tgan yilgi finaldan keyingi ilk ECHL o'yinidayoq haftaning eng zo'r futbolchisi deb topildi
"Manchester Siti" futbolchisi Kevin de Bryuyne ECHLda haftaning eng zo'r o'yinchisi deb topildi. "Man Siti" safida "Kopengagen"ga qarshi maydonga tushgan futbolchi bitta gol va assist qayd etgandi. Qiziqarli jihati shundaki, futbolchi bu turnirdagi oxirgi o'yinini o'tgan mavsum finalida "Inter"ga qarshi o'tkazgandi. O'shanda ham u jarohat tufayli maydonni erta tark etgandi. Jarohat sabab ushbu mavsumdagi ECHL guruh bosqichi o'yinlarini butunlay o'tkazib yuborgan yarim himoyachi pley-off bosqichidagi ilk o'yinidayoq darajasini ko'rsatib qo'ydi.
Malumot uchun, ushbu nom uchun Kevin de Bryuynedan tashqari Braim Dias (“Real Madrid”), Matteo Genduzi (“Lacio”) va Kilian Mbappe (PSJ) nomzodlari ham qo'yilgandi.
Eslatib o'tamiz, kelasi haftada bo'lib o'tadigan ECHL uchrashuvlarida “Inter” — “Atletiko”, PSV — “Borussiya D”, “Portu” — “Arsenal” va “Napoli” — “Barselona” to'qnash keladi.
Fikrlar