Kevin de Bryuyne: "Agarda Xoland kabi zarba berganimda 1 hafta shifoxonada yotardim"
09 apr 2023 14:50
Yangiliklar


Kevin de Bryuyne: "Agarda Xoland kabi zarba berganimda 1 hafta shifoxonada yotardim"
"Manchester Siti" futbolchisi Kevin de Bryuyne hujumchi Erling Xolandning golidan hayratda ekanligini malum qildi.
"Erlingning ikkinchi golini mening faoliyatimda umuman ko'rmaysiz! Agarda men shunday zarba berganimda 1 hafta Sautgempton shifoxonasida yotgan bo'lardim.
Erling juda ko'p gol urmoqda. U ajoyib va doimo o'z joyida bo'ladi. Agarda vaziyat yaratsangiz, u qaerda bo'lish kerak bo'lsa, o'sha erda turadi. Uni qadrlaymiz", - dedi de Bryuyne.
22 yoshli norvegiyalik forvard ushbu mavsum APLda 30ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar