Kelvert-Lyuin - APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi
09 okt 2020 16:45
Yangiliklar


Kelvert-Lyuin - APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi
Premer-liga chempionatning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisini elon qildi.
Bu nomga "Everton" forvardi Dominik Kelvert-Lyuin munosib deb topildi. Hujumchi APL doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.
23 yoshli o'yinchi bundan oldin Angliya terma jamoasidagi debyut o'yinida dubl qayd etgan edi. U joriy mavsum klub va terma safida umumiy 7ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi.
Mukofot uchun shuningdek quyidagilar davogarlik qilishgan edi: Patrik Bemford («Lids»), Xames Rodriges («Everton»), Timoti Kastan, Jeymi Vardi (ikkisi ham – «Lester»), Xarri Keyn («Tottenxem»), Tarik Lempti («Brayton») va Sadio Mane («Liverpul»).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar