Kellini ECHL finalidagi 1:4 haqida: "Real"ga qarshi kuchimiz etmagan, charchab qolgandik"
25 may 2020 18:56
Yangiliklar
Kellini ECHL finalidagi 1:4 haqida: "Real"ga qarshi kuchimiz etmagan, charchab qolgandik"
"Real"ga qarshi Kardiffda o'tgan o'sha mashhur final haqida ko'p gapirishdi. Aslida noodatiy hech nima bo'lmagandi. Biz shunchaki charchab qolgandik.
Nega hisobni tenglashtirganimizda kurashdan to'xtab qoldik? Nima uchun? Biz 0:3 hisobida yutqazmayotgandik va shunday bo'lganda ham bu kabi reakciya bildirish noo'rin bo'lardi.
SHunchaki, birinchi taymdan keyin sillamiz qurigandi. Manjukich yiqilib qoldi, Pyanich zo'rg'a omon qoldi. Biz nafas ololmay qiynalardik. O'yinga qaytishga harakat qildik. Hisob 1:1 edi, lekin barchasi juda yomon yakunlandi.
Tanaffusda hech qanday olamshumul voqea yuz bermagandi va hech kim urushmagandi ham. O'sha kuni kuchimiz etmadi, shu sabab mag'lub bo'ldik. Finallar doim biz uchun juda kech boshlanadi", – yozadi Kellini o'z avtobiografiyasida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar