So’nggi yangiliklar

01:27Туркия. Ҳусниддин Алиқулов гол уриб, жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 01:15"Барселона" Гампер Кубогида йирик мағлубиятга учради  7 00:33"Ланс" ҳимоячисига "Ювентус" ва "Аталанта" қизиқиш билдирмоқда  0 23:55Миржалол Қосимов: "Натижадан қониқдим, аммо жамоам намойиш этган ўйин мени ҳурсанд қилмади. Очколарни кузда санаймиз"  12 23:52Жамшид Саидов: "Биргина хато қимматга тушди"   1 23:09Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда устунликка эришган бўлсак ҳам, тўп рақиб дарвозасига кирмади"   2 22:43Сергей Лушчан: "Рақибимиз ўйин давомида иккита зарба берди ва иккита гол урди. ОКМК бугун ҳақли равишда ғалаба қозонди"  13 22:40Гампер Кубоги. "Барселона" таркиби маълум  6 22:22"Сурхон" - "Қизилқум" 1:0  2 21:29ОКМК - "Навбаҳор" 2:1  3 21:27"Реал" Суперкубок учун қайдномани эълон қилди  6 21:05Суперлига. "Сурхон" кичик ҳисобда "Қизилқум"дан устун келди  15 21:05Суперлига. ОКМК сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  111 20:25"Манчестер Сити" ўзи учун рекорд нархга футболчи сотди  9 19:41"Ал Аҳли" Винисиус учун миллиард евро тўлашга тайёр  11

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. VII bob Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. VII bob

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobining ettinchi bobini taqdim etamiz.

Davomi. Boshi quyidagi havolalarda:

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. V bob

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. V bob (davomi)

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. VI bob

"Kelishilgan o'yinlar qiroli". VI bob (davomi)



O'YINNI SOTISHNI ISTAMAGAN MURABBIYNING JOMADONIGA MARIXUANA SOLIB QO'YISHNI KO'ZLAGANMAN

Evropa va Osiyodagi bukmekerlik idoralari o'rtasidagi farq stavkalarning qiymatlarida. IBCbet, SBObet yoki Crown Netga o'xshash saytlar APL, A seriya, La Liga va bundesliga kabi katta to'rtlik chempionatlaridagi o'yin uchun birgina ishora qilsangiz, 35 ming evroga qadar pul qabul qiladilar. Ikkinchi darajadagi ligalar - Franciya, Portugaliya, SHveciya va Daniya birinchiliklaridagi bellashuvlar uchun esa 12 mingdan 20 ming evrogacha stavkalar qabul qilishadi. Evropaliklar saytlarida summalar osiyoliklarnikidan ko'ra biroz ozroq. Osiyoliklar saytlari bilan Xorvatiya, Sloveniya, Avstriya, SHveycariya va ko'plab kichik chempionatlarni qamrab olganlar.
Singapurni birinchi bo'lib tark etib, Evropaga yo'l olgan shaxs Palning sobiq yordamchisi Brayan bo'lgan. 94-yili Singapur Malayziya Kubogidan chiqqanidan keyin u Angliyada to'xtashga qaror qilgan, keyinchalik boshqa mamlakatlarga yo'l olgandi. U Milanga tez-tez uchib borardi. Bu paytga kelib Singapurda o'ynagan evropalik ko'plab futbolchilar ortga qaytgandilar. Tabiiyki, Brayan ularni tanirdi. Ularning ko'pchiligi faoliyatini yakunlagan bo'lsa-da, baribir futbolda qolgandi. Aynan ular Brayanga aloqalarni o'rnatishda yordam berardilar. Bu vaqtga kelib Brayan Dan bilan hamkorlik qilardi. Brayan Milanga uchib borgan mahalda Dan o'z odamini bukmekerlarga yuborardi.
Murugan 2005 yili Brayanning evropaliklar guruhiga kirdi. Keyin u Dan bilan tanishdi. O'sha kezlarda Brayan shveycariyaliklarning Kyasso klubi ishtirokidagi o'yinlarni sotib olardi. U Stanton Technogies kompaniyasi orqali qashshoq klubga homiylikni taklif qilgan va o'yinchilarga tasir o'tkazishni yo'lga qo'ygandi. Xarajatlar u qadar yuqori emasdi. Yaqinda gollandlarning Veendam klubi 1 million dollarga teng qarz tufayli bankrot bo'lganligi haqida o'qidim. Kelishilgan o'yinlarni tashkil etuvchi uchun million dollar nima degani? Biz bir o'yinda bundan ko'prog'iga ishlaymiz. Veendam birgina kelishilgan o'yinni tashkil etish orqali bemalol 2 million evro ishlab olishi mumkin edi. Yutqazish shart emas, shunchaki total futbol namoyish etgan holda ko'plab gollar kiritishi va o'tkazib yuborishi bunga kifoya qilardi. Brayanning Kyasso uchun yiliga 300 ming evrodan ortiq sarflagan deb o'ylamayman. Biz uchun bu arzimas pul hisoblanadi. Agar klub bilan kelishib, boshlang'ich tarkibda maydonga tushadigan 5-6 nafar o'z futbolching bo'lsa, sen istalgan natijani qayd eta olasan.

Aftidan Kyassoning egalari Stanton Technogies bilan mojaro yuzaga kelishidan qo'rqqan ko'rinadilar. Bu kompaniya 2007-08 mavsum uchun klubga rasmiy homiylik qilgandi. O'yinchilar ustidan rahbarlik qilish uchun Brayan o'z odami bo'lishi kerakligiga ehtiyoj sezadi. U shunday taklif bilan Mixalga chiqdi, ammo u rad etdi. SHunda Brayan Singapurda o'ynagan xorvatiyalik darvozabon Sandroni eslab qoldi. Kelishilgan uchrashuvlarda qatnashgani uchun uni diskvalifikaciya qilgandilar. Pal va Brayanning yordamida u ham Mixal kabi qayiqda Singapurdan Malayziyaga etib borgandi. Sandro Kyasso darvozabonlarining murabbiyi bo'lib ishga kirgandi. Lekin sal narsaga qizishib ketishi biznesimizga juda halaqit berardi. Ko'p o'tmay Sandroni ishdan bo'shatdilar.
Bu vaqtga kelib Brayanning SHveycariyadagi qallobliklari yaqqol ko'zga tashlanib qolgani bois hatto Singapurda Kyasso ishtirokidagi o'yinlar uchun stavkalarni qabul qilishni to'xtatib qo'ygandilar. Albatta, bu haqda hech kim policiya yoki interpolga xabar bermagan. Agar kimda-kim kelishilgan o'yindan voqif bo'lsa, shunchaki o'zini pul tikishdan tiyardi xolos. Hozir hammasi boshqacha: kelishilgan o'yinlarning tashkilotchilari bir-birlari bilan ayovsiz kurashadilar. O'zaro hurmat haqidagi yozilmagan qonunga ham endi hech kim amal qilmay qo'ygan.

BRAYANNING O'RNIGA DAN


2008 yili Brayanning Evropadagi sarguzashtlari nihoyasiga etdi. U ikki nafar musulmon aka-uka - Xambo va Safet bilan birga ishlardi. Ularning biri sobiq agent, ikkinchisi esa turk klubining xo'jayini hisoblanardi. U o'yinlar uchun juda ko'p tikardi. Bir safar menga Evropadan qorasini o'chirish oldidan uning MYU uchun 500 ming,  Roma uchun esa 300 ming dollar tikkani haqida gapirib bergandilar. Uning samolyoti qo'ngan paytda stavkalarining ikkisi ham  ish bermaganini xabar qilganlar. Turk og'a-inilar Brayanga ishonishardi. Qolaversa, u sheriklariga islomni qabul qildim, deya yolg'on gapirgandi.
Turklar juda xavfli bo'lishadi. Agar ularni aldab, keyinchalik hududiga qaytadigan bo'lsang, o'zingni tamom bo'ldim deb hisoblayver. Qisqasi, Brayan futbolni tashlab Malayziyaga qaytdi. Banklar bilan bog'liq ko'zbo'yamachiliklar uchun uni qamoqqa oldilar. U kelishilgan o'yinlar uchun 500 ming tikish o'rniga 20 million dollarga ega bo'lishni o'rgangan ekan. Brayan Evropani tark etganidan so'ng uning biznesini Dan boshqardi. U Brayanning hamkorlari bilan aloqa o'rnatdi va  qarzlarini hisob-kitob qilish bilan shug'ullandi. Dan qadam-baqadam yangi mamlakatlarni ham qo'shib olgan holda o'z tarmog'ini yo'lga qo'ydi.
Bizning ishda bir joyda to'xtab qolish kerak emas: yanada chuqurroq kovlashda davom etishing shart. Bir muammo bor edi: yirik bukmekerlik saytlarida Dan Tanning o'z odami yo'q edi. Osiyolik hamma o'yinchilar bukmekerlik saytlarida o'z profillarini ochgandilar. Bu o'z navbatida ularga 2 milliondan 10 million dollargacha kredit olish imkonini havola qilardi. Bukmekerlik idoralari bamisoli zanjir singari pullarni agentlar orqali taqsimlab chiqardilar. Eng ishonchli agentlar bevosita idoralarda (bundaylar juda kam) ishlardilar. Ular o'z ulushlarini bir qismini subagentlarga berishadi, ular esa hissasi tobora ozroq bo'lganlar o'rtasida pullarni taqsimlab chiqardilar. Hammasi komission pullar orqali ishlab topishadi. Lekin agentlarning o'zlariga pul tikish qatiy man etilgan. Bu bilan ular giyohvand moddalarni istemol qilmay, ularni sotadigan dallollarga o'xshashib ketadilar.
Osiyoda bukmekerlik  saytlarining ikki turi bor: gonkongliklar va singapurliklarniki. Singapurda bosh agent bukmekerlik idorasining rahbariyati bilan savdolashadi. Aytaylik, ular kelishib oldilar. Agent o'z o'yinchisining yutqazishidan 20 foiz oladi, qolgan pul idoraga tegadi. Mabodo o'yinchi yutsa, u holda idora agentning 80 foiz zararini qoplaydi.  Gonkongliklar saytlarida agent hech qanday sug'urtasiz o'yinchilar bilan kurashadi. Barcha yo'qotishlar - faqat uniki. Agentlar o'yinchining kimga tikkanini diqqat bilan o'rganadilar. Agar o'yinchi MYU - Liverpul o'rtasidagi uchrashuv natijasini to'g'ri topgan bo'lsa, agent hech qanday muammosiz yutuqni unga topshiradi va yanada ko'proq pul tikishni taklif qiladi. Ammo o'yinchi Malayziya chempionatiga o'xshash mayda ligalardagi uchrashuvlar uchun tikadigan bo'lsa, agent birinchi safar yutuqni beradi. Lekin oldindan stavkalarni qabul qilmaydi.

Hech bir agent ko'chadan kelgan kishiga million dollar qarz bermaydi. SHuning uchun Dan kreditsiz qolgandi. Uning o'zi agent edi, biroq bir safar  qarzni qaytarishni kechiktirib yuborgani uchun bu hol obro'iga jiddiy putur etkazgan edi. Dan hurmati ancha baland bo'lgan Gari ismli agentga chiqdi. Gariga bemalol 2-3 million dollarni ishonib topshirardilar. Aftidan Garining o'zi ham kelishilgan o'yinlar orqali ko'proq pul topishni maqsad qilgan ko'rinadi. SHu bois ikkisi Evropa bo'ylab sayohat qilishga tushdi. 2008 yilga kelib Dan Brayanning barcha aloqalarini o'ziniki qilib oldi. Gari uni pullar bilan taminlardi.

MO'LJALDA JCH-2010 SARALASHI

Biz JCH-2010 saralash bahslari doirasida afrikaliklar bilan ishlashga kirishdik. Dan qandaydir pullarni olib kelish uchun Muruganni Sloveniyaga yubordi. U bilan birga ketishni so'radim. Lyublyanada Danning hamkorlari hisoblanadigan Vinko, Admir va Dino biz kelib to'xtagan mehmonxonaga tashrif buyurdilar. Murugan ularga meni tanishtirdi. Vinko ismli kal yigit Zagrebning Dinamosida o'rinbosarlar bilan ishlardi. Admir bilan Dino sloveniyalik futbolchilar edi. Admir Suljich markaziy himoyachi bo'lib, o'sha kezlarda Vengriyada to'p surardi. Dino esa darvozabon bo'lib, kiprliklar klubi safida maydonga tushardi. U juda bahaybat yigit edi. Vinkodan tashqari qolgan hammasi inglizchada juda yaxshi gapirardi. Birgalikda ovqatlandik va boshimizdan o'tkazgan qiziqarli voqealar bilan o'rtoqlashdik. Masalan, Admir futbolchini emas, balki uning otasini sotib olganini gapirib berdi.
Danning evropalik sheriklari SHveycariya chempionatida faol ishlashardi. Ular Bellinconaning italiyalik darvozabonini eslatdilar. U o'yinni topshirishga qaror qildi, biroq kerakli natijani taminlab berishni zimmasiga olmadi. Ular o'sha yigitga bosim o'tkazganlaridan keyin u policiyaga arz qildi. Vinko, Admir va Dino hamrohligida o'tgan bir necha kundan so'ng Murugan bilan birga Cyurixga uchib ketdik. Keyin Murugan pullar bilan Singapurga qaytdi, men esa bir necha kun SHveycariyada qolib ketdim. Singapurda kimnidir Admir bilan bog'langanidan xabar topdim. U mening o'tmishim haqida Admirga hammasini hikoya qilib bergandi. Ivica Raguzga  hujum qilganim uchun qamoqda o'tirib chiqqanim ham unutilmagandi. Admir malumot qanchalik to'g'ri ekanligini bilish maqsadida Muruganga qo'ng'iroq qildi. Hammasini obdon o'ylab olganimdan keyin meni Dan sotganligini tushunib etdim. U evropalik hamkorlari bilan tanishganim uchun biznesini tortib olishimdan cho'chirdi. Dan Tan o'ta ehtirosga berilgan odam hisoblanadi. Uning biznesiga aralashishni istamasdim. Sezdirmasdan zimdan ish qilish mening xarakterimga to'g'ri kelmaydi. Qolaversa, evropalik hamkorlarning Danga qanchalik ishonishlarini bilmasdim. U ko'pincha o'zini xuddi esdan og'ib qolgan kishidek tutardi.

BIZNESGA QAYTISH

2008 yilning oktyabrida biznesga qaytdim. Pokiston terma jamoasini Malayziyadagi o'rtoqlik o'yiniga olib keldim.
- Jamoani katta qiyinchilik bilan yig'dik, - deyishdi Pokiston futbol associaciyasidagilar menga. - Bizga ishoning, yordam bermasak ham Malayziya ustimizdan bemalol g'alaba qozonadi. Axir biz juda kuchsizmiz.
Pokistonliklar Kuala-Lumpurga uchib kelganlaridan so'ng ularni ishontirishga harakat qildim. Ammo ular kutilmaganda o'yinni topshirishdan bosh tortdilar. Hindiston bilan Pokiston sayyoramizdagi korrupciya juda keng rivojlangan etakchi mamlakatlardan biri hisoblanishadi. Ularning kriket bo'yicha o'tkaziladigan chempionatlarida o'yinlar o'ng-so'lga qaramasdan juda ko'p sotiladi. Lekin futbolchilarni sotib olishning iloji yo'q. Qolaversa, ular ishtirokidagi uchrashuvga stavkalarni men qabul qilmagandim. Xullas, pullarni yo'qotdim. Pokistondan keyin Dan, Admir va Dino bilan Merdeka Kubogi - 2008ni o'tkazish rejasini tuzdik. Biz yana Malayziya futbol associaciyasiga o'z hisobimizdan ikkita terma jamoani olib kelishni taklif qildik. Sloveniyaliklar hatto o'zlarining evropalik hamkorlaridan voz kechib Dan bilan ishlashga qaror qilgandilar. Biz Serra-Leone va Mozambikning U-20 terma jamoalarini taklif qildik. Men hatto Serra-Leonega uchib bormadim. Ular hech qanday muammosiz taklifimizni qabul qildilar. Ularning futbol associaciyasida Abu Bakar ismli shaxs bilan aloqa o'rnatdim. Unga quyidagi mazmunda elektron xat yozdim: Jamoani yig', hammasi uchun to'layman. Uilson Raj.
Abu Bakar bizning surnayimizga o'ynaydigan terma jamoani yig'di. Mozambik poytaxti Maputuga borishimga ham to'g'ri kelmadi. Men ularga qo'ng'iroq qilib, inglizcha gaplashishni biladigan odamni topdim. Ularning terma jamoasini o'z hisobimizdan Malayziyaga taklif qildik. Muloqot chog'ida ularga moliyaviy istiqbollarni ehtiyot choralarini ko'rgan holda tushuntirib berdim. Mozambikliklar avval aviachiptalarni sotib olishimiz kerakligini talab qildilar. Buning uchun bazo'r pul topdik. Mozambik terma jamoasining gollandiyalik ustozi Mart Nui bilan mehmonxonada uchrashdim.
- Biz total 3ga tikamiz. Aytishim kerakki, barcha gollar ikkinchi taymda kiritilishi shart. Sizlar gol urishinglar yoki o'tkazib yuborishinglar mumkin. Bunisi muhim emas.
Murabbiy bu shartimga ko'ndi. Men unga 5 ming dollar miqdorida garov puli qoldirdim. 2008 yilning 16 oktyabr oqshomida Mozambik Bangladesh bilan o'ynadi. Mozambik terma jamoasining zaxira o'rindig'ida o'tirib paradni boshqardim. Dino bilan Murugan esa o'yinni tribunada tomosha qildilar. Dino juda hayron bo'ldi:
- Bu qanaqasi? Sizlarda zaxira o'rindig'ida bemalol o'tirish mumkinmi? Bizning Evropada bunaqasini xayolingizga keltira olmaysiz. Bu juda kulguli.
Bu paytda Dan, Admir, Danning agenti va uning xitoylik kureri mehmonxonada onlayn orqali pul tikardilar. Dan bilan Garining munosabati buzilib qoldi. Birinchi bo'lim 0:0 hisobida nihoyasiga etdi. Ikkinchi bo'lim boshlanganidan keyin 5 daqiqa o'tgach murabbiyga murojaat qildim:
- Bizga uchta gol kerak. Jamoalarning qaysi biri bu ishni amalga oshiradi, farqi yo'q. SHunday yo'l tutginki, shogirdlaring gollar o'tkazib yuborishsin. Vaqt o'tmoqda.
U xuddi telbadek o'tirar va biror-bir chora ko'rmasdi. Nima deyayotganim uni mutlaqo qiziqtirmasdi.
- Gapimga quloq sol. Men senga qo'shimcha 10-15 ming dollar beraman. Ammo senikilar uchta gol o'tkazib yuborishlari kerak.
- Pullarni hozirning o'zida berasanmi? - Kutilmaganda u mendan so'radi.
- Esing bormi? Pullarni hozir qaerdan olaman? O'yin tugasin.
Murabbiy shunchaki maydondagi o'yinni kuzatgancha bamaylixotir o'tirardi. Uni urib yubormaslik uchun o'zimni bazo'r bosib o'tirdim. Keyin tashkilotchilardan biri yonimga keldi. Meni zaxira o'rindig'idan chiqarib yuborishdi. Mozambik 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Alamzada holda mehmonxonaga yo'l oldik. Yo'ldan ketar ekanman, hammasini bir boshdan o'ylashga tushdim: jamoalarga to'ladik, futbol associaciyalari ham quruq qolishmadi, terma jamoalarni bu erga olib keldik va avans berdik. Ammo hammasi bir pul bo'ldi.
Dinoning telefoni jiringlab qoldi. Sloveniyadan kimdir qo'ng'iroq qilgan ko'rinadi. Suhbatni yakunlaganidan keyin u birgina so'z aytdi: Halokat. Biz baribir mehmonxonaga kirmadik. CHunki Danning agenti g'azab otiga minganini bilardik. O'yindan oldin u mendan hammasi reja asosida ketmagan taqdirda uni nihoyasiga etkazishiga yo'l qo'ymasliging mumkinmi, deb so'ragandi. Va men unga bunday ish qo'limdan kelishini aytib javob bergandim. Dan tuni bilan men va Muruganga qo'ng'iroq qilib, aslida nima bo'lganini bilishga qiziqdi. Ertalab mehmonxonaga qaytdik. Agent menga tashlandi, uni itarib yubordim va xonadan chiqib ketdim. Dan ortimdan chiqdi va meni to'xtatib shunday dedi:
- Kel, endi butun etiborimizni qolgan o'yinlarga qarataylik. Hali hammasi boy berilgani yo'q.
Mozambik terma jamoasi bosh murabbiyini mehmonxonaning o'zida o'ldirishga tayyor edim. CHunki hayotimda birinchi marta pullarimni olgan odam meni chuv tushirib ketdi. Zaxira o'rindig'idagi suhbatimizni qayta-qayta xayolimdan o'tkazaverdim. Murugan meni to'xtatib qoldi:
- Agar uni do'pposlaydigan bo'lsang, mojaro yuzaga keladi va biz keyingi o'yinlarda ishlay olmay qolamiz.
SHunda o'yinni sotishni istamagan murabbiyning jomadoniga marixuana solib qo'yishni va policiyaga qo'ng'iroq qilishni ko'zlaganman. Malay qamog'ida o'tadigan uch kundan keyin u hammasini to'g'ri tushunib olgan bo'lardi. Baxtimizga Serra-Leone Malayziyaga qarshi o'ynashi kerak edi. Abu Bakar bizning jangchimiz edi. CHunki futbolchilar unga so'zsiz bo'ysunardilar. Dastlabki uchrashuvdagi omadsizlikdan so'ng Admir, Dino va Dan barchamiz Abu Bakar bilan uchrashishga qaror qildik. Ikkinchi bor yutqazishimiz kerak emasdi.   


(Davomi bor)

J.ZAYNOBUTDINOV tayyorladi.
(Futbol-Ekspress gazetasidan olindi)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика