So’nggi yangiliklar

20:57ПРО-Лига. "Қўқон-1912" мавсумдаги еттинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  5 20:39Расман: Марко Ройс МЛС жамоасига ўтди  2 20:30Ўзбекистон кубоги. "Бунёдкор" – "Пахтакор" 0:0 (матнли трансляция)  12 20:27Суперлига. "Металлург" - "Нефтчи" 0:0  0 20:15Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:0 (матнли трансляция)  3 20:00Суперлига. Охирги ўриндаги "Металлург" "Нефтчи" билан дуранг ўйнади  26 19:55"Кетсанг-чи, энди. Барибир сени майдонга туширмаймиз"  6 18:59Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" – "Пахтакор": Асосий таркиблар маълум   3 18:31Қизиқ факт. "Бунёдкор" Ўзбекистон кубоги доирасида 2009 йилдан буён "Пахтакор"га мағлуб бўлмаяпти   3 18:05Майкл Оуэн: "Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"га муносиб мураббий эмас. Клуб у билан тўртликка киришдан умид қилмасин"  9 17:09"Арсенал" Испания термаси ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олади  1 16:36"Рома" Пауло Дибала "Ал Қодисия"га кетишига тайёр   3 16:00БУМ! АПЛда келишилган ўйин?  5 15:41"Олимпик"да бош мураббий ўзгарди  6 15:22"Барселона" форварди "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. VI bob (davomi) Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. VI bob (davomi)

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobi oltinchi bobining davomini taqdim etamiz.

Davomi. Boshi quyidagi havolalarda:

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. IV bob

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. IV bob (davomi)

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. V bob

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. V bob (davomi)

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. VI bob

Men Malayziya FAga Togoning Singapurga Amsterdam orqali uchib borganini xabar qildim. Singapurda meni Mega kutib oldi. Yo'lda gazeta orqali Singapur bir necha kun oldin JCH-2010 saralashida Livan terma jamoasini qabul qilgani haqida o'qib qoldim. Demak, livanliklar hozir aeroportda. Mega mashinani ortga qaytardi va biz ularning oldiga jo'nadik. Zalga kirib futbolchilarga Singapurda futbolchilarni ishga joylashtirishim mumkinligini aytib o'tdim. Ularning elektron pochtasini va telefon raqamlarini yozib oldim. Yana bir marta uchrashish zarur edi. Ko'rinishidan livanliklar men bilan birga ishlashga rozi bo'lgandilar.


May oyining o'rtalarida Togo va Nigeriya terma jamoalari delegaciyasi vakillari bilan uchrashdim. Ular yana biz bilan ishlashga tayyor edilar.

-   Bu erda hech qanday sovrin va mukofot pullari yo'q. Uyga quruq qo'l bilan qaytib ketasizlar. Lekin, kelishib ish qilsak har bir o'yin uchun 50 ming dollardan olasizlar.

Mega Togo terma jamoasining zaxira o'rindig'ida o'tirib, murabbiyga bizning ko'rsatmalarimizni etkazib turardi. U futbolchilarga nima zarurligini francuz tilida tushuntirardi. Dastlabki o'yinda Togo CHiliga 1:5 hisobida yutqazdi. Barcha pul ishlab oldi.

Xorvatiyaga qarshi ikkinchi o'yin oldidan xo'jayinimiz 0:0 hisobidagi g'alaba zarurligini talab qildi. Ahmoq. SHuning uchun Afrikadan jamoa olib kelganmidi? Togoliklar xorvatlarga turib bera olishlariga kafolat yo'q edi. 47-daqiqada evropaliklar baribir gol urishdi. O'yin 1:0 hisobida yakunlandi.

Avstraliyaga qarshi bo'ladigan so'nggi o'yin oldidan esa tajribali o'yinchilar Togoni kimdir nazorat qilayotganini sezib qolishdi. Xitoylik bosimiz esa unga bildirmasdan ham ish qilayotganimizdan shubhalandi. Ularga etibor bermasdan yana Togoga +1 fora bilan pul tikdik. Bizni durang ham qoniqtirardi.

Men futbolchilarga gol o'tkazmaslik zarurligini tushuntirdim. Lekin, birinchi bo'limdan so'ng avstraliyaliklar 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan edilar. Ko'pgina tomoshabinlar o'yinning zerikarli ekanligi sababli stadionni tark etishdi. Men nima qilishni bilmasdim va shu payt Kalboshga murojaat qildim.

-   Futbolchilar janjallashsin, shunda o'yin bekor qilinadi, - deya maslahat berdi.

Angliyadagi chiroq bilan bog'liq ishlardan so'ng to'lov sharti o'zgargandi. O'yin final hushtagigacha davom etishi lozim. Men murabbiyga murojaat qildim:

-   Futbolchilar qo'pol o'ynasin. SHunda ularni maydondan haydashadi.

-   Bunga hojat yo'q.

-   Nima uchun?

-   Men 3 ta almashtirish amalga oshiraman, keyin 2-3 ta odam qizil kartochka oladi, kimdir jarohat oladi va o'yinni davom ettirish uchun bizda odam qolmaydi.

-   Yaxshi.

O'yin yakunlanishiga yarim soat qolganida togoliklarning ikkitasi maydondan chetlatildi. Murabbiy esa uchta almashtirishni amalga oshirdi. Yana uchta futbolchi simulyaciya qilib maydondan chiqib ketdi. Ularni hattoki zambilda olib chiqib ketdilar. Maydonda faqatgina 6 nafar togolik futbolchi qoldi va hakam o'yinni tugatdi. Men o'z pullarimni qaytarib oldim.

SHuningdek, Nigeriya – Iroq o'yinida ham ishlab oldik. Afrikaliklar keyingi bosqichga yo'l olib bo'lishgandi. Nigeriyaliklar o'zlarining ishtiroki uchun pul to'lamaganliklari uchun tashkilotchilardan norozi edilar. SHunda ishga kirishdim.

-   Gol o'tkazmasdan durang o'ynanglar. Agar o'xshasa 50 000 dollar to'layman.

Birinchi bo'limdan so'ng hisob 0:0. Men yana bir bor buni futbolchilarga eslatib qo'yish uchun odam yubordim. 93-daqiqada hakam iroqliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. To'pga Jon Obi Mikel yaqinlashdi.

Obi Mikel


Men uning barcha narsadan xabari borligiga ishonchim komil edi. Lekin, u Olimpiada oldidan murabbiyini uyaltirishni istamadi va gol kiritdi... Exxx...

Ertasiga mehmonxonada Jonni uchratib qoldim:

-   Nimaga gol urding?

U menga qarab turardi.

-   Sen tufayli biz pul yo'qotdik. Jamoadoshlaring ham endi pul olmaydilar.

Jon siqilardi. Murabbiy Samson Siasia uni Olimpiadaga boradigan tarkibdan chiqarib tashladi. Keyin esa jurnalistlarga barchasini aytib berdi: “Men Iroqqa gol urganim uchun Olimpiadaga bormadim”. Lekin, endi bu kimni qiziqtirardi?

Samson Siasia


Togo – Avstraliya o'yinidagi ishimiz ko'p o'yinchilarning qulog'iga etib bordi. Dan Tanning shaxsan o'zi men bilan tanishishni istab qoldi. Men uni 90-yillardan beri bilardim.

-   Demak, Uilson. Qo'lingdan nimalar keladi?

-   Men livanliklar bilan tanishman. Iyunda ular Singapurga qarshi o'ynashadi. Bu JCH-2010 doirasidagi rasmiy saralash uchrashuvi. 

Men bungacha livanlik futbolchilar bilan gaplashgandim va ular birga ishlashga rozilik bildirgandilar.

-   Kelishilgan o'yin tashkil qilishimni istaysizmi?, - Tandan so'radim.

-   Yo'q.

-   Agar xitoylik shu ishni qilsachi?

-   Mayli, farqi yo'q.

Ular birgalikda biznes qilsalar-da, bir-biriga ishonmasdilar. 

SHundan so'ng Afrikada ishlashga qaror qildik. Lesoto – Gana o'yiniga bordim. JCH-2010 saralashi doirasidagi o'yin. Lesotolik futbolchilar bilan uchrashdik. U erda eski tanishlarni ko'rib qoldim. Bir soat ichida 3-4 ta futbolchi bilan kelishib oldim.

-   Gana uchta gol farqi bilan yutishi zarur.

-   Yaxshi, biz tayyormiz.

Biz ularga garov puli qoldirmadik. CHunki, ular meni yaxshi bilishar va doim pul to'lashimga shubhalanishmasdi. Dan Singapurdan turib “stavka” qilish niyatida edi. Avvaliga Gana 3:0 hisobida g'alaba qozonayotgandi. Lekin, keyinchalik ganalik Agogo bo'sh darvozaga gol ura olmadi. Keyin, Lesoto futbolchisi 40 metrdan gol kiritdi. Bir daqiqa o'tar-o'tmas, hisob 3:2 bo'ldi. “Stavka”miz yutqazib qo'ydi. Afsuski, biz hujumchilar bilan kelishmagandik. Danga qo'ng'iroq qildim:

-   Barchasiga bitta gol sababchi. Nima qilishim mumkin? O'zing aytgin. So'nggi ikki daqiqada 2 gol. Lesoto Gana darvozasiga ikkita gol kiritdi. Bo'lishi mumkin emas.

Yoxannesburgga uchib ketdik. Biz JARning Serra-Leonega qarshi o'yinidan umid qilayotgandik. Serra-Leonening darvozaboni va ikkita himoyachisini sotib oldik. Darvozabonga 5 000 dollar berdik.
Biz tavakkal qilishga qaror qildik. JARning infratuzilmasi va boyligini hisobga oladigan bo'lsak, ular raqiblarini yirik hisobda yutishlari zurur edi. Lekin, o'yin golsiz durang bilan yakunlandi. Yana yutqazdik. Lekin, Serra-Leone FA vakillari bilan tanishib oldik. 

Bu orada xitoylik Livan terma jamoasi bilan mening ishimni yakuniga etkazib qo'ygandi. Ular Singapurga 1:2 hisobida yutqazgandilar. Men ular bilan aloqani yo'qotib qo'ygim kelmadi va birgalikda Doxaga uchishga qaror qildim.

Qatardagi issiq juda baland – 50 daraja soyada! Men ularning mahalliy o'yinlaridan biriga tashrif buyurdim. Hayron qolarli tomoni, ular futbolchilarga katta pul to'laydilar. Lekin, o'zlari stadionga borishmaydi. Stadion oldidan o'ta turib, ikkita shayhga ko'zim tushib qoldi. Ular qo'llarida choy bilan TV orqali 100 metr yaqinlikdagi futbolni tomosha qilib o'tirardilar.

Qatarga JCH-2022 mezbonligini berish – eng ahmoqona qaror edi. To'g'ri, Doxa ajoyib shahar. Lekin, 50 daraja issiqda qanday qilib futbol o'ynash mumkin? Bunga korrupciya aralashgan. Lekin, isbot yo'q. Bunday korrupciyada amaldorlardan shubhalanaman. Men doimo futbolchilarimga aytaman: qo'lingizdan kelgan barchasini qiling. Lekin, tushib qolmang. Menga va sizlarga pul kerak bo'lganidek, FIFA amaldorlariga ham pul zarur. 


Bukmekerlar o'yinchilarni qizqiqtirish uchun yangicha “stavka” qabul qila boshlagandilar. O'yinni kim boshlaydi, burchak zarbalari soni, almashtirishlar soni, kartochkalar soni va boshqalar.

Nigeriya terma jamoasi Olimpiadada Belgiyaga qarshi yarim final o'yinida maydonga tushishi zarur. O'yinni Belgiya terma jamoasi boshlashi uchun “stavka” qo'ydik. Ayollar o'rtasidagi JCHda bo'lib o'tgan voqealardan so'ng menga Xitoyga borishni taqiqlab qo'yishgandi. SHu sababli, men Nigeriya terma jamoasi darvozaboniga nima qilish zarurligini telefon orqali malum qildim. O'yinni Singapurdan turib tomosha qilardim. Dan Tan esa Xitoyga uchib ketdi.

Biz yutdik. Belgiyaliklar o'yinni boshlashdi. Nigeriya Belgiyani 4:1 hisobida yutdi va finalda Rikelme sardorligi ostidagi Argentinaga qarshi to'qnash keladigan bo'ldi. Darvozabonga qo'ng'iroq qildim:

-   Nima qilsang qil, Nigeriya o'yinni maydon markazidan boshlashi zarur.

Televizorga yaqinlashdim. Hakam tanga tashladi va Rikelmega murojaat qildi. Endi barchasini u hal qilishi zarur. Darvozabon unga tushuntirganmikin yoki yo'q? SHuni o'ylardim...

-   Xop, - dedi u. Nigeriya boshlasin.


Rikelme bilan kelishishgani ko'rinib turgandi. “Agar sizga bu shunchalik zarur bo'lsa boshlang” degan manoda nigeriyalik futbolchiga qaradi. “Stavka”miz yana g'olib bo'ldi. Men buning uchun Tandan faqatgina 5 000 dollar oldim. Qizg'anchiq...


Aziz To'xtamurodov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика