So’nggi yangiliklar

15:13"Рома" бугун "Кальяри" меҳмони бўлади. Шомуродов қайдномадан жой олдими?  0 14:42U-16 Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси кутилмаганда Вьетнамга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 14:19"Барселона" шу ёзда яна иккита трансферни амалга ошириши мумкин. Клуб "Реал" собиқ ўйинчисига қизиқмоқда  0 13:14"Барселона" Канселуни "Сити"дан 20 млн еврога харид қилмоқчи, инглизлар эса...  1 12:38Гюндоган АПЛга қайтиши мумкин?!  3 12:01"Барселона" етакчиларидан бири клубга кетишни хоҳлаётганини айтди. Томонлар ўртасидаги муносабат бузилган  4 11:23"Реал" ўйинчисини 100 млн еврога Саудия Арабистонига сотмади  6 10:45Испания футболи афсонаси "Ал Насср"га кўчиб ўтишга яқин  8 10:21Бугун ўсмирларимиз халқаро ўртоқлик турнирининг иккинчи турида майдонга тушишади  1 09:55Sofascore. Алиқулов энг зўри, Турғунбоевчи?  10 09:31Абдуқодир Ҳусанов бугун ўтказиладиган "Анже" – "Ланс" учрашуви қайдномасига киритилдими?  3 09:03Mағлубият кечирилмади! "Ал Насср" раҳбарияти мураббийни ҳайдаб юборди  16 08:36"Байер" эртаги давом этади. Алонсо жамоаси тарихда илк бор Суперкубокни қўлга киритди  6 08:13Суперлига. Бугун Тошкентда дерби, "Бобур Арена"да "Андижон" "Сурхон"ни меҳмон қилади  4 07:25А Серия. "Милан" сўнги дақиқаларда камбек амалга оширди, Мората "Милан"даги биринчи голини урди, 1-тур ўйинлари битта саҳифада  6

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. III bob Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. III bob

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobining uchinchi bobi, dastlabki qismini taqdim etamiz.
Davomi. Boshi quyidagi havolalarda:

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. II bob
“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. II bob (davomi)

1994 yilning so'ngida ikki Singapur jamoasi ishtirokidagi Bosh vazir kubogi final o'yinida ham kelishuvni amalga oshirdim. Vang nomli do'stim jamoalardan birining futbolchisi bilan tanishtirib qo'ydi.

-   Finalda yutqaza olasanmi?

-   Qancha to'laysan?

-   5 ming singapur dollari.

-   O'ylab ko'raman, keyin qo'ng'iroq qilaman.


Kechki payt Malayziyadagi kazinoda barcha pulimni yutqazib qo'ydim. Kelishilgan o'yinni tashkil qilish uchun pulim qolmagandi. O'sha futbolchi bilan gaplashganim umuman esdan chiqib ketibdi. Uning jamoasi yutqazib qo'ydi. Keyingi kuni gazetada uning gaplari bosh sahifalardan o'rin olgandi: “Bukmeker menga o'yinda yutqazib berishimni taklif qildi”.

Muammo bo'ladi shekilli”, - deb o'yladim. Policiyachilar uning menga qo'ng'iroqlarini kuzatishardi. Biz uyda uch kishi yashardik: otam, akam va men. Akam harbiy hizmatga ketgandi. Uyda faqat men va otam qolgandik. Men asosiy vaqtimni do'stlarim bilan o'tkazardim. Policiyachilar uyga borishganida men bo'lmaganman. Ular otamni qo'lga olishgan. Nima qilishni bilmasdim: kutaymi yoki borib barchasini tan olish kerakmi?

Bo'yniga aybni qo'ymasdan odamni 48 soatdan ko'p ushlab o'tirish mumkin emas. Men tan olishga majbur bo'ldim. Policiyachilar mening kelishilgan o'yinlar tashkil qilishimni bilmasdilar. Ular menga boshqa tomonlama hujum qila boshlashdi:

-   Agar tan olmasang otangni qamaymiz.

Gap shundaki, men sababli otamni qamoqqa olishmoqchi edi. Men futbolchiga qo'ng'iroq qilganimni tan oldim. Gaplarimni tasmaga yozib olishdi. Pasportimni topshirib, garov evaziga chiqarib oldim. Endi sudni kutish kerak.

Singapurliklar Malayziya kubogida ishtirok etishlari to'xtatilganidan so'ng, bukmekerlar chet eldagi o'yinlarga etibor qarata boshlashdi. Ko'pchilik Evropa chempionatlariga “stavka” qo'ya boshladi. Lekin, hech kim u erda kelishilgan o'yinlar tashkillashtirishga harakat qilmadi. Biz buni amalga oshira olamiz deb o'ylamasdik.

Gap orasida Paldan so'radim:

-   Nimaga Angliya Premer-Ligasi bilan ishlamaymiz?

-   Iloji yo'q.

-   Barcha narsaning iloji bor. Futbolchilar ham odam.


Brayan g'azab bilan men va Palga qaradi. Ko'rinishidan, bu g'oya uning ham kallasiga kelgan. 1995 yilning yanvarida Pal Evropaga ilk qadamlarini tashlashga qaror qildi. Brayan esa qaergadir yo'qolib qoldi. Malayziyadagi hibsga olishlardan so'ng uning biznesi pasaya boshlagandi. U chetda qanday ish yuritishni bilmasdi. SHu sababli bu masalada oldimga keldi. Mening bu borada kallam ishlardi. Inglizchada gaplasha olardim. Pal o'zining o'gay ukasi bilan birga Angliyaga uchishimni aytdi.

Pal qo'limga pul ham berdi. Men pasportim yo'qligi sabab do'stimniki bilan uchishga majbur bo'ldim. Men hatto suratlarimizni ham almashtirganim yo'q. CHunki, biz bir-birimizga judayam o'xshardik. Oq tanlilar hindlarni bir-birlaridan ajrata olmasdilar.
Menda Angliyada o'yinlarni sotadigan futbolchilar haqida malumotlar yo'q edi. SHu sababli, birinchi duch kelgan o'yinga etiborimni qaratdim: Angliya Kubogi doirasidagi “Liverpul” – “Birmingem” uchrashuvi. 1995 yilning 18 yanvari. Birmingemdagi dastlabki o'yin durang bilan nihoyasiga etgandi. “Enfild”dagi  javob o'yini oldidan “Liverpul” yaqqol favorit hisoblanayotgandi. Biz esa etiborni “Birmingem” darvozaboni Yan Benettega qaratishga qaror qildik.




Biz Liverpul mehmonxonalaridan biriga joylashdik. U erda hind ham ishlar ekan. Avval men hech qachon hindning inglizcha akcentda gapirishini ko'rmaganman.
Men Palning ukasi bilan “Liverpul” va “Arsenal” o'rtasidagi Liga Kubogi o'yiniga tashrif buyurdik. Palga qo'ng'iroq qilib “qizillar”ga “stavka”qo'yish kerakligini maslahat berdim. Men ularning fanati emasdim. Lekin, ular ajoyib o'yin namoyish etardi. Ian Rash hisobni ochdi. Goldan so'ng havo sovuqligi uchun stadiondan ketishga majbur bo'ldik.
Angliya Kubogi o'yinigacha bir hafta qolgandi. Birmingemga borib, bazaga olib borish uchun taksi oldik. O'zimizni singapurlik jurnalistlar sifatida tanishtirdik. Murabbiy va jamoa azolari bizga iliq munosabatda bo'lishdi. Biz ulardan bir nechtasi bilan suratga tushishni iltimos qilib, darvozabon Benettani bir chekkaga olib chiqib, kelishishga harakat qildik. Palning ukasi kelishgunicha men har ehtimolga qarshi qochish uchun taksi topishga ketdim.

-   Agar rozi bo'lsang, senga “Liverpul”ga yutqazib berishinglar uchun 20 ming funt to'laymiz.

-   Yo'q, rozi emasman.

-   Mayli. Bu haqda yana o'ylab ko'r va hech kimga aytma.


Biz tezda jo'nadik. O'yinda asosiy vaqt durang bilan yakunlandi. “Liverpul” penaltilar seriyasida g'alaba qozondi. Birmingemda ishimiz yurishmaganidan so'ng Londonga yo'l olishga qaror qildik.
Bu safar “CHelsi” darvozaboni Dmitriy Xaringa murojaat qildik. “Aristokratlar” bazasiga borib rus darvozaboni bilan kelishishga harakat qildik. U erga ham xuddi jurnalist sifatida bordik.
Taqiqlangan bo'lishiga qaramasdan Xarinni parkovkada kutib turdik. U mashinaga o'tirayotganida Palning ukasi sekin unga yaqinlashdi:

-   Salom. Suratga tushsak maylimi? Bizni mashinangizda tashlab qo'ya olmaysizmi?

-   O'tiring.

Mashinada esa unga pul taklif qildik:

-   Agar keyingi o'yinda yutqazishga rozi bo'lsangiz, sizga 60 ming funt to'laymiz,
- deya unga pullarni ko'rsatdim.

Xarin o'zini xotirjam tutardi.

-   Men anchadan beri “CHelsi”daman. Siz taklif qilayotgan narsa menga foyda keltiradi deb o'ylamayman. AQSHdagi JCH paytida ham menga bunaqa takliflar juda ko'p bo'ldi. Lekin faoliyatim davomida bunaqa ishlarga aralashishni istamayman.

U bizni kerakli joyga olib borib qo'ydi. Biz esa tezlik bilan ko'zdan g'oyib bo'ldik. Bir haftadan so'ng Singapurga qaytib ketdik va Palning oldiga bordik:

-   Salom, Boss. Britaniyada ishlarimiz yurishmadi.

-   Ahmoq, unda nimaga qaytdinglar
? – Pal judayam asabiylashdi. – Keyingi samolyotga o'tirib Angliyaga jo'na. Yana urinib ko'r.

-   Nimaga futbolchilarni sotib olishimiz kerak? Ular judayam principial. Keling, yaxshisi elektrikka stadion projektorlarini o'chirib qo'yishi uchun 100 ming funt to'laymiz.

U vaqtlarda Osiyodagi bukmekerlar ikkinchi bo'limi o'ynalgan o'yinlarning har biri uchun pul to'lardilar. Agar o'yin birinchi bo'limda o'z yakuniga etsa “stavka”lar bekor qilinardi. Agar ikkinchi bo'limning hech bo'lmasa 10 soniyasi o'ynalsa ham o'sha hisob bo'yicha pul to'lanardi.

-   Hech kim bilmaydi. O'yin keyingi kuni o'tkaziladi. O'yin qachon to'xtatilishi kerakligini o'zimiz hal qilamiz.



1997 yillarda Brayan mening g'oyam orqali pul ishlay boshladi. APLda chiroqlarni o'chirishgan uchta o'yinni eslayman: Derbi - Uimbldon, Vest Xem - Kristal Pelas, Uimbldon - Arsenal. Lekin Pal mening taklifimni o'shanda jiddiy qabul qilmagandi.
 
-   Yana bir marta urinib ko'r, - dedi u. - Boshqa futbolchi top. Angliyaga qaytib bor.

Bu safar “Lester” posboni Kevin Pulni tanladik. Men do'stimning pasporti bilan yana uchib ketaman deb turganimda Singapurdagi tekshiruvlar xalal berib qoldi. Bojxona oficeri mendagi pasportga diqqat bilan tikilib qoldi.

-   Nimadir o'xshamayapti, deya mening ko'zlarimga tikildi.
Policiya chaqirishdi. Boshqa hujjatlarim bo'lmaganligi uchun mening kimligimni aniqlay olishmadi. Men o'zim tan oldim:

-   Ism-sharifim Uilson Raj Perumal. Men qidiruvdaman.

Meni mahkamaga olib borishdi va hujjat qalbakilashtirish aybini qo'yishdi. Meni sudgacha garov evaziga pul ham to'lay olmaydiganlar qamoqxonasiga joylashtirishdi.

Kunlardan bir kuni “Singapur yana xavf solmoqda” sarlavhali maqolani ko'rsatishdi. “Liverpul”ga qarshi o'yindan so'ng Yan Bennet ikki singapurlik unga pora evaziga yutqazib berishni taklif qilganini aytgan. Futbol associaciyasi Bennettning bu bayonotini alhsirash deya baholadi. Men o'zimcha kulib qo'ydim: agar u bilan gaplashganmiz desam bunga xech kim ishonmaydi.

1995 yilning fevralida ikki oylik vaqtincha qamoqdan so'ng meni bir yillik qamoqxonaga o'tkazishdi. Haqiqiy Singapur qamoqxonasi do'zaxdan ham battar. Men u erda judayam ozib ketdim. Bitta kamerada to'rtta odam hattoki ichimlik suvisiz o'tirardi.

Men o'tirgan vaqtda Palni yana hibsga olib Malayziyaga ekstradaciya qilishdi. Undan so'ng Brayan Palni sotganligi haqida eshitib qoldim. Malum bo'lishicha, Pal ikki yil davomida orqa-oldiga qaramasdan Malayziya Kubogidagi o'yinlarni sotib olish orqali 40 million singapur dollari ishlagan.

Ha, aytgancha, Malayziyada puling bo'lsa qonunni o'z xohishing bo'yicha amalga oshirishing mumkin.
Ozodlikka chiqqanimdan so'ng yana eski hayot tarzimni boshladim: “Jalan Besar”da “stavka” qo'ydim, do'stlarim bilan futbol o'ynardim. Mayk nomli do'stlarimdan biri meni futbolchilar bilan tanishtirib qo'yishni iltimos qildi. Mayk kelishilgan o'yin tashkil qilishni istardi. Men unga yana qamoqqa tushishni istamasligimni aytgan bo'lsam-da, yordam berdim.

Qamoqdan so'ng Paldan qarz olish maqsadida uning oldiga bordim. U odatda qamoqdan chiqqan yigitlarga ortiqcha gap-so'zlarsiz 5-10 ming dollardan berib yuborardi. Men so'raganimda esa uch kun sudrab, faqatgina ming dollar berdi.

Tushunishim bo'yicha, Pal inqirozga uchragandi. 1991-93 yillarda u multimillioner edi. 1995 yilga kelib esa barchasini yo'qotdi. U katta pul topsa-da, o'sha pullarni qanday ishlatishni bilmasdi. Uning qo'l ostida faqat kichkinagina do'konchasi qolgan, o'shani ham sota olmayotgandi. Men unga Seng nomli bukmekerdan qarz olishni maslahat berdim. Ular birga “o'tirishgan”. Seng unga ikki million berib, do'konni garoz evaziga oladi.
Million dollarni olib AQSHga, Atlanta Olimpiadasida ish qilish uchun jo'nab ketdik. U erga Pal bilan birgalikda Tog'a ham boradigan bo'ldi.

Nyu-Yorkka borganimizdan so'ng Pal bilan birgalikda Tunis terma jamoasi istiqomat qilayotgan ”Xolidey Inn” nomli mehmonxonaga joylashdik. Borishim bilan futbolchilar bilan tanishishga harakat qildim. Mehmonxonada Pal oldimga kelganida ikkita futbolchi bilan suhbatlashib turardim.

-   Qo'yaver. Tog'a ular bilan kelishib olgan.


Tog'a bu borada tezlik bilan ish qilardi. Men u avval
qaysi futbolchilar bilan ish olib borganligi haqida eshitgandim. Futbolchilar bilan kelishish mening vazifam bo'lsa-da, Tog'a bizni quvib o'tdi. U bir kun oldin kelib Tunis terma jamoasi futbolchilari bilan kelishib olishga ulgurgandi. U himoyachilar bilan kelishgandi.

Kutilganidek, Tunis Portugaliyaga 0:2 hisobida yutqazdi.
Keyin esa ular AQSHga kerakli hisobda yutqazib berishdi.
So'ngra biz Pal bilan Mayamiga, Braziliya - Nigeriya o'yinini sotib olish uchun jo'nab ketdik. U meni nigeriyaliklar yashayotgan shaharchaga yubordi. Men ularning uchta futbolchisi bilan gaplashdim va o'z taklifimni bildirdim: “Braziliyadan uchralgan mag'lubiyat evaziga 300 ming dollar”.

(Davomi bor...)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика