So’nggi yangiliklar

17:41Тен Хаг танқидлар ҳақида: "Уларнинг баъзилари - яхши маслаҳатлар, аммо мен ҳаммасини ўқимайман"  0 17:28Дарио Маринович: "Аргентина Бразилиядан кучсиз, сабаби улардаги ўйинчилар даражаси пастроқ"  0 17:07Алан Бранди: "Игитага қарши ўйнаш осон бўлмаслиги аниқ"  0 16:56Учрашув тақидирини ягона гол ҳал қилган баҳсдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:40Кевин Арриета: "Қозоғистон кучли рақиб, бироқ бизда жасур ва довюрак футзалчилар йиғилган"  0 16:25ЦСКА - Ахмат. Файзуллаевдан дубль  7 16:00"Бунёдкор" - "Насаф" 0:0 (Матнли трансляция)  12 15:27"Ньюкасл" - "Манчестер Сити". Кимлар асосий таркибда?  2 15:20Хорватия бош мураббийи: "Бразилияга қарши баҳсда устимиздан муздай сув қуйилгандай бўлганди"  0 15:06Биргина аёл бутун бошли "Рома"нинг режаларини бузиб ташлади  3 14:50Николас Сармиенто: "Бўлажак рақиб — Қозоғистонни табриклайман"  0 14:39"Интер Майами" устози: "Месси МЛС плей-офф баҳсларида яхши формада бўлади деб умид қиламиз"  0 14:16"Навбаҳор" собиқ устозини МЮ базасига киритишмади  2 13:18Пеп Артетада "барча маълумот бор"лиги ҳақида: "Бу 115та айблов ишига тегишли бўлиши мумкин. У аниқроқ гапириши керак"  4 12:59Гути: "Реал" "Атлетико"дан қасос олиш учун майдонга тушади"  3

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. II bob (davomi) Yangiliklar

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. II bob (davomi)

Uilson Raj Perumalning "Kelishilgan o'yinlar qiroli" kitobining ikkinchi bobining davomini taqdim etamiz.
Davomi. Boshi quyidagi havolada:

“Kelishilgan o'yinlar qiroli”. II bob

1989 yilda ozodlikka chiqqanidan so'ng Pal xuddi qamoqxonada qilgani kabi Malayziya kubogida ham kelishilgan o'yinlar tashkil qilishga qaror qildi.
Malayziya jamoalarida hindlar etarli edi. Pal jamoaning kelishish uchun yordam beradigan bir-ikkita futbolchilari bilan tanishib oladi va shundan so'ng hammasi boshlanadi. U sekin-sekin o'zining “jamoa”sini tuza boshlaydi. 1992 yilga borib u Malayziyaning 14 ta jamoasidan 10 tasini nazorat qiladi.

Kelishilgan o'yinlarga aralashuvchi xitoyliklar 200-300 ming singapur dollari tikkan bo'lsa, Pal 1 – 1,5 million atrofida tikardi. Pal hakam va boshqa rasmiy shaxslarni ham sotib olardi.

U paytlarda biz Xitoyda ish qilmasdik. Bu biznesni to'lig'icha xitoyliklarning o'zlari nazorat qilardi. Singapurda 3 milliongacha “stavka” qabul qiladigan odamlar etarlikcha topilardi. Indoneziya, Vetnam, Malayziya, Singapur va Tailanddagi 20 ga yaqin xitoyliklar Palga “stavka” qo'yishardi.

“Selangor” “Joxor” bilan o'ynaydi, - deb elon qildi Pal. Osiyolik bukmekerlar yangiliklarni associaciyadagi hodimlardan olishardi. Pal buning uchun ham ularga pul to'lardi. Keyin stavka qo'yish mumkin. Undan so'ng esa kerakli odamlarga qanday hisob kerakligini tushuntirib beradi. Pal bir necha marotaba bunday tryukni ishlatgan. Atrofdagilar esa hech narsani tushunishmasdi.

Pal millionlab pul topardi. Lekin bechoralarga o'xshab ko'rinardi. U “Mersedes – 320”da yurardi. U qishloqdagi kambag'al oilalardan birida tug'ilgandi. U inglizchani buzib-buzib gapirar, sigaretni ketini-ketiga ulab chekardi. Odamlar uni Doktor Pal deb atashardi. Men esa Doktor Pal haqida eshitganimda hattoki alifboni ham bilmaydigan bir ahmoq ko'z oldimga kelardi.
U mening havaskor futbolda kelishilgan o'yinlar tashkil qilishimni bilardi. Masalan, mehmonxonalar chempionatida. “Intekontinental” – “Xayyat” o'yinida men tanish mehmonxona vakillariga mo'maygina pul evaziga o'yinda yutqazib berishlarini taklif qildim. Ular rozi bo'lishdi.

Noprofessional jamoalarda men bazida to'g'ridan-to'g'ri murabbiyga murojaat qilib, tarkibga do'stlarimni ham qo'shishni so'rardim. Men unga ikki yoki uch futbolchini taklif qilardim. U yigitlarni ko'rib, bunga rozi bo'lardi. “Sen so'nggi himoyachi, sen esa o'ng qanotda o'ynaysan”, - deya ularga ko'rsatma ham berardi. Biz shunchaki yutqazib berishimiz lozim edi. Mening odamlarim o'ynayotgan jamoa hisobni ochdi. 60-daqiqada esa raqiblar javob to'pini kiritishdi. Yarim soat vaqt qolganda men kerakli natijaga erishishimizga shubha qilmayotgandim. Lekin vaqt yakunlanayapti hamki, hisob o'sha-o'shaligicha qoldi.

Men bor ovozim bilan baqirdim: “Ahmoq, qo'ling bilan o'yna!”. Biz ulgura olmadik. O'yin 1:1 hisobida yakunlandi. Ancha pul yo'qotdik. O'yindan so'ng o'z futbolchimga tashlandim. U jim turardi. Men mag'lubiyatdan so'ng aqldan ozadiganlardan emasman. Darhol o'zimga kelib, o'ylay boshladim. Bukmekerga pulni ertasiga to'lashimni aytdim. Kelishilgan o'yin oson emas. Har bir mag'lubiyat o'ziga xos dars.

Endi meni futbolchilarim g'alaba qozonishlarini istardim. Bu orada chexiyalik Mixal bilan tanishdim. 29 yoshli bu futbolchi bir o'zi olti-ettitasini aldab o'tib ketardi. U Evropada Praganing “Slaviya” jamoasida to'p tepgan. Keyin Malayziyaga borgan, keyin Singapurga.
Muxlislar o'sha payti chet ellik futbolchilarni yoqtirmasdi. Ular haqida: “Manavilarni qarang, hoynahoy bittasini olsang, ikkinchisini tekinga berishsa kerak” deya ularni mazax qilishardi. Mixal esa boshqacha edi: bo'yi uncha baland emas, tez va texnik tomonlama kuchli. Biz u bilan “TOP-10” nomli tungi klubda uchrashganmiz. U payt klub shaharda mashhur edi. U erda barcha legioner futbolchilar yig'ilardi.
Boshqa mamlakatdan kelgan futbolchilar mahalliy futbolchilarga qaraganda ko'proq pul topardi. Ularning oylik maoshi 10-15 ming dollarni tashkil qilardi. U bilan gaplashdim.

-   G'alaba uchun pul to'lamoqchiman senga.

-   Senga qanaqa hisob bo'lishi kerak?


Keyingi o'yinda Mixalning jamoasi “Jalan Besar”da o'yin o'tkazdi. Men undan so'radim:

-   Uchta to'p farqi bilan g'alaba qozona olasizlarmi?

-   Vada bermayman. Lekin qo'limdan kelganini qilaman. Mening ulushim qancha bo'ladi?

-   5 ming dollar.


U Singapurning eng yaxshi jamoalaridan birida to'p surardi. Lekin bu oson pul topish degani emasdi. Xitoylik bukmekerlar kelishib olib, menga qarshi 2,5 fora bilan “stavka” qo'yadigan bo'lishdi. Men ungacha Mixal bilan kelishib, 40 ming tikib qo'ygandim. Birinchi taymda Mixal dubl qayd etdi. Hisob – 2:0. Ikkinchi bo'limda u maydonga tushmadi. U jarohat oldi deb o'ylagandim. Aslida esa murabbiy uni keyingi o'yinlarga saqlab qolishga qaror qilgandi. O'yin 2:0 hisobida yakunlandi. Men yutqazib qo'ydim.

Kechki payt Mixal bilan “Top-10”da uchrashdim:

-   Uzr, murabbiy jarohat olishimdan xavotir oldi. Keyingi safar senga nechta gol kerak?

-   Yana uchta. SHuncha ura olishinga ishonching komilmi?

-   Raqib qiyin. Nimaga senga uchta gol kerak? Bitta etmaydimi?

-   Yaxshi Mixal. Avvaliga biz raqibning kuchini bilib olishimiz lozim. Birinchi bo'limda gol urma. Tanaffusda esa men tribunadan turib qancha gol kerakligini baqiraman. Masalan: “Olg'a, yana ikkita gol uringlar”, deyman.


Mixal rozi bo'ldi. Men Mixalning jamoasiga bitta gol farqi bilan g'alaba qozonishi uchun tikmoqchi edim. Lekin, Pal ham shu ishni amalga oshirayotgan edi. SHu sababli men 1,5 gol farqi bilan tikishga majbur bo'ldim. Birinchi bo'limda gol urishmadi. Men baqira boshladim: “Olg'aaa, biz uchta gol urishimiz lozim!”. U esa menga baqrayib: “Nima? Uchta gol?”


(Mixal Vana, hozir)

O'yin 2:0 hisobida yakunlandi. Mixal o'zi gol urdi va ikkinchi golni urilishida ham faol ishtirok etdi. Kechki payt biz yana urashdik.

-   Bu nimasi? 45 daqiqa ichida 3 ta gol. Meni supermen deb o'ylayapsanmi?

-   Yo'q-yo'q. Hammasi joyida. Ikkita gol etardi.


Futbolchilar strategiyani o'zgartirishni unchalik ham xushlamaydilar. Menga esa tavakkal qilish yoqardi. Keyingi o'yin oldidan men Mixaldan “Jurong”ni 4 ta gol farqi bilan yuta olishlari mumkinligi haqida so'radim.

-   Muammo yo'q. Men ham “stavka” qo'ya olamanmi?


Futbolchining o'zi ham totalizator o'ynamoqchi ekanligi haqida birinchi marta eshitishim.

-   Albatta. Qancha?

-   5 ming.

-   Pul yoningdami? Qara, agar yutqazib qo'ysang to'lashingga to'g'ri keladi.

-   Yonimda yo'q. Pochtada uchrashamiz.

Pochtadan to'g'ri stadionning bukmekerlar burchagiga yo'l oldim. “Fora 3!”, - deya elon qilishdi.

-   Men 3,5 beraman.


Barcha men tomonga o'girildi:

-   Qancha tikasan?

-   30 ming.

-   Kelishdik.


Mixalning jamoasi 7:0 hisobida g'alaba qozondi. Uning o'zi esa 4 ta gol kiritdi. Aktyor spektaklda qoyilmaqom qilib rol o'ynadi.

Pal Mixalni o'ziga og'dirib olishga harakatni boshladi. U bu ishni Brayan nomli odami orqali amalga oshirmoqchi bo'ldi. Brayan ham xuddi men kabi hind tamili edi. U bir vaqtlar futbol o'ynab terma jamoa libosini kiyishga ham ulgurgandi. U terma jamoada ikkinchi darvozabon sifatida o'ynagan. Gonkong klublaridan biri unga hattoki shartnoma ham taklif qilgan. Harbiy xizmat vaqtida regbi o'ynay turib tizzasidan jarohat olgan Brayan faoliyatini erta yakunlashga majbur bo'ladi. SHundan so'ng futbolchilar bilan tanish bo'lgani sababli Palga ishlay boshlaydi. Asta-sekin oyoqqa turib olgan Brayan kimligini unutib qo'yadi, o'zini yuqori tuta boshlaydi, qo'riqchilar bilan yura boshlaydi. Lekin biz uni o'zimizga do'st deb hisoblardik. Tamil xalq maqolida aytilishicha: “CHumchuq qancha baland uchmasin, burgut bo'la olmaydi”.
Men do'stlarimga Mixal bilan ishlashimni aytgandim. Brayan ham buni bilgan va menga indamasdan Mixalga chiqqan:

-   Nima qilasan bunaqa maydalashib? Men bilan ishla. Senga katta-katta baliqlarni tutib beraman.

Pal Mixalni mendan olib qo'yib, o'z davrasiga kirishga imkoniyat yaratib berdi. U meni chaqirib so'radi:

-   O'yinchilardan kimlarni bilasan?

-   Darvozabon va hakam.


Men Mixalni aytmadim. CHunki u boshqa tomonga o'tib ketganini bilardim. Lekin xorvatiyalik darvozabon Sandro qolgan edi. U elkasigacha sochini o'stirgan, pulsiz o'tirardi.

-   Boss, bu yigitga sochini oldirishi uchun pul kerak, dedim.

-   Ahmoq, sen menga sartaroshga pul to'lay olmaydigan, lekin, o'zini futbolchi hisoblaydigan odamni etaklab keldingmi?


Pal Sandroga 5 ming dollar berib, uni Malayziya jamoasiga joylab qo'yishga harakat qildi. Yakunda esa u Singapurning “Vudlands” jamoasi safida paydo bo'ldi. SHundan so'ng Sandro ham menga o'xshab Pal oilasining azosiga aylandi.

Men Palni Osiyoning kuchli referilaridan biri Tiru bilan tanishtirib qo'ymoqchi edim. Lekin, ungacha Brayan uni ham xuddi Mixal kabi o'ziga og'dirishga ulgurgan ekan. U paytda hamma Pal bilan ishlashni istardi.
1993 yillarda Brayan uyiga Pal, uning yigitlari, meni va biz bilan birga ishlaydigan futbolchilarni taklif qilardi. Biz ular bilan poker o'ynab, yanada yaxshiroq tanishib olardik. Keyin esa har kuni Palning ofisida o'ynay boshladik. Brayan hammadan yaxshi o'ynardi. Pal va Brayan hamma pulni yutib olmaguncha hech kimni qo'yib yubormasdi. Men esa xuddi pul sanayotgan odamdek pullarni ichimga tiqib olardim. Pal bilan o'yindan so'ng uning oldidan faqatgina shu uslub bilan pul olib chiqib ketish mumkin edi.

Pal meni o'ziga yordamchi qilishni istardi.

-   Pasportingni ol, Malayziyaga boramiz.
Men uyga borib Brayanga qo'ng'iroq qildim:

-   Sen ham boss bilan Malayziyaga ketyapsanmi? Unda meni ham yo'lda o'zing bilan ol.


Brayan rozi bo'ldi. Lekin 5 daqiqadan so'ng Pal qo'ng'iroq qildi:

-   Uilson, bugunchalik sen bormaysan. Keyingi safar borasan.

Brayanga qo'ng'iroq mening xatom edi. O'ylab qarasam, Brayan meni bossdan uzoqlashtirishga harakat qilayotgan ekan. U meni ko'tarilib ketishimdan xavotir olardi.
Pal xizmatlarimdan voz kechdi. Men esa uning orqasidan itga o'xshab ergashib yurishni istamadim. 1994 yilda Pal Mixalni mahalliy ligadan Malayziya kubogida ishtirok etadigan “Singapur sherlari” jamoasiga o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. U buning uchun yaxshigina pul ham to'ladi. Bir safar men Mixalga qo'ng'iroq qildim. Bundan xabar topgan Pal:

-   Mixalni nima qilasan?

-   SHunchaki, u bilan gaplashmoqchi edi.

-   Yo'qol, unga boshqa qo'ng'iroq qilma.


Malayziya Kubogida sotilmaydigan futbolchilar qolgandi. Biri dini sababli bu ishni qilmasa, boshqasi tarbiyasi va qatiy principlar sababli sotilmasdi. Malayziyaning “Paxang” jamoasida to'p tepadigan avstraliyalik Alan Devidsonni eslayman. U kubokning eng yaxshi himoyachisi edi va Palning gapiga quloq solmagan. U Malayziya Kubogi sohibi “Singapur sherlari” yutishini istadi. Finalda ular Devidsonning jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Pal “Paxang”dan ko'p futbolchilarni sotib oladi. Hakamga esa Devidsonni maydondan chetlatishi uchun pul to'laydi...


Devidson

“Paxang” 81 ming tomoshabin va millionlar teletomoshabinlar qarshisida avstraliyalik futbolchisiz 0:4 hisobida mag'lub bo'ladi. Buning haqqoniy bo'lganiga barcha ishonardi. “Singapur” futbolchisi Abbos Saad xet-trik qaydi etadi. Buning uchun yaxshigina pul ham olgan.
Hursandchilik uzoqqa cho'zilmadi. Hibsga olishlar boshlandi. Ko'pgina singapurlik va malayziyalik futbolchilar panjara ortiga ravona bo'ldilar. Xitoy gazetalaridan biri o'yin boshlanishiga bir kun qolganida final natijasini oldindan chop etgan (hattoki kim qizil kartochka olishigacha). Hukumat korrupcionerlarni qattiq jazoladi. Qamoqqa olinganlar orasida Mixal ham bor edi.

U 17 soat davomida policiya xonasida o'tirib biror so'z ham aytmagan. Palning yordami bilan uni yarim million singapur dollari evaziga ozod qilishgan...


Abbos Saad

Abbos Saadning esa omadi yurishmadi. FIFA uni diskvalifikaciya qildi. Malayziya va Singapur associaciyalari bir-birlarini ayblay boshladi. Moliyaviy kelishmovchilik boshlandi. Singapur Malayziya Kubogidan chiqib ketdi.

(Davomi bor...)


Aziz To'xtamurodov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика