So’nggi yangiliklar

16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  0 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  2 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  4 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  4 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  2 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  7 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  5 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  19 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  2 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  8 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  6 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1

“Kelajak umidlari” bolajonlar uchun haqiqiy bayram tadbiri FOTO Yangiliklar

“Kelajak umidlari” bolajonlar uchun haqiqiy bayram tadbiri FOTO

O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan joriy yilning 25–27 dekabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan “Kelajak umidlari” tadbiri haqida.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan topshiriladigan sovg'alar bilan Toshkent shahridagi har bir tumanda joylashgan maktab va maktabgacha talim muassasalarida hamda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash internatlaridagi tarbiyalanuvchilarni yangi yil bilan tabriklash maqsadida,joriy yilning 25–27 dekabr kunlari “Kelajak umidlari” tadbirini o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirda maktabgacha talim muassasalarining tarbiyalanuvchilari hamdamaktablarning boshlang'ich sinf o'quvchilari o'rtasidasog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida futbol va turli sport musobaqalari o'tkaziladi. Tadbir yakunida kelajagimiz umidlari bo'lgan bolalargaO'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg'asi sifatida 1025ta to'p va 1025ta sport formalari, shunigdek, Faxriy yorliqlar topshiriladi.  

Quyida, “Kelajak umidlari” tadbiri o'tkaziladigan Toshkent shahridagi talim muassasalari keltirilgan:
Mirobod tumani – 175, 214-maktablar, 126, 506 MTM
Mirzo Ulug'bek tumani – 211, 221-maktablar, 83, 408, 137 MTM
Olmazor tumani – 242, 196-maktablar, 8, 190, 169, 68 MTM
Sergeli tumani – 303, 268-maktablar, 566, 599 MTM
Uchtepa tumani – 78, 107-maktablar, 396, 17, 338, 334 MTM
Bektemir tumani – 293-maktab, 580 MTM
Yashnabod tumani – 204, 244 va 69-maktablar, 149, 557, 558 MTM
CHilonzor tumani – 162, 200-maktablar, 350, 204, 230 MTM
SHayxontoxur tumani – 41, 20-maktablar, 171, 197, 588 MTM
Yunusobod tumani – 271, 274-maktablar, 301, 307, 206, 196 MTM
Yakkasaroy tumani – 144, 118-maktablar, 249, 300 MTM


Bu loyiha yil davomida butun Respublika bo'ylab davom etadi. 15 yanvardan boshlab Respublikamizdagi talim muassasalarida tahsil olayotgan yosh bolakaylar muntazam ravishda mana shunday musobaqalarga jalb qilinib, rag'batlantirilib boriladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика