So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  3 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  0 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  5 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1

Kecha 0:5 hisobida yutqazgan Suriya tarkibida kimlar o'ynadi? Yangiliklar

Kecha 0:5 hisobida yutqazgan Suriya tarkibida kimlar o'ynadi?

Suriya terma jamoasi Toshkentga kelishdan oldin Eronga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib yirik hisobda mag'lub bo'ldi.

Kecha Tehrondagi "Ozodi" stadionida kechgan bahsda Eron yirik 5:0 hisobida zafar quchdi. Bu o'yinda Mehdi Taremi uchta gol urib xet-trik muallifi bo'ldi. 

Bu o'yin Mark Vilmots uchun Eron terma jamoasi ustozligidagi dastlabki uchrashuv bo'ldi. Albatta, yirik hisobdagi g'alabadan keyin belgiyalik mutaxassisning xursand bo'lgani shubhasiz. 

Suriya terma jamoasi navbatdagi bellashuvni O'zbekistonga qarshi 11 iyun kuni o'tkazadi. O'tgan yil Ektor Kuperning ham terma jamoamiz bosh murabbiyi sifatidagi ilk o'yini Suriyaga qarshi kechib 1:1 hisobi qayd etilgandi. 

Kechagi o'yinda Suriya termasining qanday tarkibda to'p tepgani ko'pchilikni qiziqtirishi shubhasiz. Terma jamoa bosh murabbiyi Fajr Ibrohim ushbu bahsda 17 nafar futbolchini sinab ko'rdi. Ular orasida 11 nafari legioner. Suriyaliklar tarkibida birgina Omar Al Somani hisobga olmaganda boshqa yulduz o'yinchi ko'rinmayapti. Bu yilgi OCHLda ham Suriyadan faqat Al Soma o'ynadi. Aynan uning goli "Al Ahli" uchun guruhdan chiqishiga katta turtki berdi.

 


Eronga qarshi o'ynagan Suriyaning tarkibi: 

Darvozabon:

#23. Ahmad Madania, 29 yosh ("Al Jayish", Suriya)


Himoyachilar:

#15. Alaa Al SHbli, 29 yosh ("Al Najaf", Iroq)

#3. Moayad Al Ajan, 26 yosh ("Al Quva Al Javiya", Iroq)

#5. Omar Al Midani, 25 yosh ("Piramids", Misr). 

#4. SHuaib Alali, 29 yosh ("Al Vahda", Suriya). 


Yarim himoyachilar:

#14. Tamer Haj Muhammad, 31 yosh ("Ohod", Saudiya Arabistoni). 

#8. Mahmud Al Mavas, 26 yosh ("Umm Salal", Qatar)

#20. Xaled Mobayed, 26 yosh ("Al Vahda", Suriya)

#21. Mohammad Al Marmur, 23 yosh ("Safa", Livan)


Hujumchilar: 

#12. Muhammad Alvakid, 33 yosh ("Al Jayish", Suriya)  

#9. Omar Al Soma, 29 yosh ("Al Ahli", Saudiya Arabistoni)


Zaxiradan tushganlar: 

#11. Abd Al Malek Anezan, 30 yosh ("Al Jayish", Suriya)

#17. Ahmad Diib, 32 yosh ("Al Nejma", Livan)   

#16. Hamid Mido, 26 yosh ("Quvayt SK", Quvayt) 

#10. Firas Al Xatib, 35 yosh ("Al Salmiya", Quvayt)

#19. Ahmad Ashkar, 23 yosh ("Al Jayish", Suriya)

#6. Amro Jenyat, 26 yosh ("Dofar", Ummon) 

Ko'rib turganingizdek, jamoada yoshi katta futbolchilar etarli. Aftidan Suriya terma jamoasida avlodlar almashinuvi qiyin kechayotganga o'xshaydi. Kechagi o'yinda harakat qilgan legionerlar Iroq, Misr, Saudiya Arabistoni, Qatar, Livan, Quvayt va Ummon klublarida faoliyat olib borishyapti. Nom jihatdan olib qaraganda biz ulardan kuchlimiz hamda 11 iyun kuni bu raqibni mag'lub etishimiz lozim bo'ladi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика