Kazemiro "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin
28 fev 2024 00:31
Yangiliklar
Kazemiro "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin
Taniqli insayder Fabricio Romano Kazemironing "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkinligi haqidagi malumotni tasdiqladi.
Braziliyalik futbolchining kelajagi mavhumligicha qolmoqda: so'nggi oylarda uni Evropaning boshqa klublariga yoki Saudiya Arabistoniga yo'l olishi bilan bog'liq mish-mishlar ko'paydi.
Romanoning so'zlariga ko'ra, Kazemiro haqiqatdan ham yozda klubdan ketishi mumkin. "Manchester Yunayted" bu masalani yaqin oylarda muhokama qiladi. 32 yoshli futbolchining mankunianliklar bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining qiymatini 30 million evroga baholamoqda.
Fikrlar