Kazemiro "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin

Оқил Абдубарноев
28 fev 2024, 00:31
Taniqli insayder Fabricio Romano Kazemironing "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkinligi haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.

Braziliyalik futbolchining kelajagi mavhumligicha qolmoqda: so'nggi oylarda uni Yevropaning boshqa klublariga yoki Saudiya Arabistoniga yo'l olishi bilan bog'liq mish-mishlar ko'paydi. 

Romanoning so'zlariga ko'ra, Kazemiro haqiqatdan ham yozda klubdan ketishi mumkin. "Manchester Yunayted" bu masalani yaqin oylarda muhokama qiladi. 32 yoshli futbolchining mankunianliklar bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining qiymatini 30 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano