Kazemiro "Manchester Yunayted"da 9-braziliyalikka aylandi. Uning hamyurtlari qay tarzda ishonchni oqlagan?
27 avg 2022 19:07
Yangiliklar
Kazemiro "Manchester Yunayted"da 9-braziliyalikka aylandi. Uning hamyurtlari qay tarzda ishonchni oqlagan?
30 yoshli yarim himoyachi 70 mln funt-sterling evaziga "Old Trafford"ga ko'chib o'tdi.
Uning taqdimoti dushanba kuni bo'lib o'tdi, o'sha oqshom mankunianlar "Liverpul"ni mag'lub etdi. Futbolchining oyog'i qutlug' keldimi-yo'qmi, vaqt ko'rsatadi, biz esa qolgan sakkiz braziliyalikka nazar solamiz.
Rafael
Rafael egizak ukasi Fabiodan muvaffaqiyatliroq tarix yaratdi.
32 yoshli braziliyalik futbolchi klub afsonasi Gari Nevill faoliyatini yakunlaganidan so'ng o'ng qanot himoyachisi o'rnini egalladi.
U "Yunayted"ga uch bor Premer-liga chempionligini qo'lga kiritishda yordam berdi.
2013 yil mashhur bosh murabbiy Ser Aleks Fergyuson murabbiylik faoliyatini yakunlaganidan so'ng, Rafael Devid Moyes va Lui van Gal qo'l ostida o'z o'rnini yo'qotdi.
Himoyachi 2015 yil "Lion"ga sotib yuborildi.
Anderson
Anderson "Old Trafford"dagi debyut mavsumidayoq mashhurlikka erishdi.
Yarim himoyachi 2008 yil CHempionlar ligasi finalida "CHelsi" ustidan qozonilgan g'alabada penaltini aniq amalga oshirganidan so'ng qahramonlardan biriga aylandi.
Biroq karerasining rivojlanishi jarohatlar bilan bog'liq muammolardan keyin to'xtay boshladi.
34 yoshli futbolchi "Yunayted"da sakkiz yil davomida to'rtta Premer-liga medali va CHempionlar ligasi sovrinini qo'lga kiritdi.
Fred
Fred "Yunayted"ga 2018 yil Ukrainaning "SHaxtyor" klubidan 53 million funt evaziga o'tgan edi.
29 yoshli futbolchi dastlab ko'ngildagidek taassurot qoldirolmadi, ammo bugungi kunda "Old Trafford"da ko'pgina o'yinlarda asosiy tarkibda unga ishonch bildirilmoqda.
Fabio
Fabio - Rafaelning egizagi sanaladi.
U 2008 yilda "Fluminense"dan "Yunayted"ga o'tdi, biroq egizagining izidan bora olmadi hamda asosiy jamoadan o'rin ola bilmadi.
Yorqin kelajak sohibi deya etirof etilganiga qaramay, u chap qanot himoyachisi Patris Evraga raqobatchi bo'la olmadi.
Fabio klub safida 50 dan ortiq o'yin o'tkazdi, shu jumladan 2011 yilgi CHempionlar Ligasi finalida "Barselona"ga qarshi bahsda maydongatushirildi, biroq 2014 yil u "Kardiff Siti"ga sotib yuborildi.
Andreas Pereyra
Andreas Pereyra "Yunayted"ga 2012 yilda PSV akademiyasidan kelib qo'shilgan edi.
Biroq asli Belgiyada tug'ilgan braziliyalik hech bir murabbiyning uzoq muddatli rejalariga kira olmadi.
Pereyra "Yunayted" bilan Angliya kubogini qo'lga kiritdi, ammo keyinchalik "Fulxem"ga berib yuborildi.
Aleks Telles
Aleks Telles "Portu"dan Angliyaga tashrif buyurganida, uning atrofida juda ko'p shov-shuvli gaplar aylandi.
Biroq u umidlarni oqlay olmadi, o'z poziciyasida Lyuk SHouga joy bo'shatishga majbur bo'ldi.
Telles hozirda "Sevilya"da ijara asosida to'p tepmoqda.
Kleberson
Jahon chempionati g'olibi Kleberson "Yunayted"ga "Atletiko Paranaense"dan kelib qo'shildi.
Biroq “Yunayted” safida ikkinchi o'yinidayoq olgan jarohati uning karerasini izdan chiqardi.
Kleberson ikki mavsum davomida yana 28 ta o'yinda maydonga tushdi, so'ngra “Beshiktosh”ga yuborildi.
U o'zining "Yunayted"dagi faoliyati haqida shunday dedi: "MYU"da men juda ko'p qiyin damlarni boshdan kechirdim, ko'p jarohatlar oldim va juda ko'p kurashdim".
Rodrigo Possebon
Rodrigo Possebon 2008 yil “Yunayted”ga qo'shilganida kuchli futbolchi sifatida qaralgandi.
Ammo u Liga kubogi doirasida jiddiy jarohat oldi hamda avvalgi darajasida qayta tiklana olmadi.
U "Old Trafford"dagi ikki yarim yillik faoliyati davomida bor-yo'g'i sakkizta o'yinda maydonga tushdi.
2010 yil Possebon o'z vatani Braziliyaga, "Santos" safiga qaytdi.
Hozirda 33 yoshda yoshli yigitcha futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Fikrlar