Kaxi Maxaradze: “SHiddatli o'tayotgan o'yinlar soni ko'paygan”
21 apr 2014 14:22
Yangiliklar
Kaxi Maxaradze: “SHiddatli o'tayotgan o'yinlar soni ko'paygan”
"Paxtakor" jamoasining mavsum boshidagi o'yinlari haqida sardor Kaxi Maxaradzedan bir qator savollarga javob oldik.
- “Paxtakor”ni mavsumni juda yaxshi boshladi. Buning asosiy sababi nimada?
- Hozircha oliy ligada besh uchrashuvda g'alaba qozondik. Mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rganimiz va jamoada o'zaro tushunish darajasining oshgani tufayli o'sha bellashuvlarda muvaffaqiyatga erishdik. Yangi mavsum arafasida tarkibimizda ko'p o'zgarish bo'lmadi. Faqat ikki futbolchi jamoamizga qaytdi. Eng katta o'zgarish jamoa boshqaruvida ro'y berdi. Samvel Babayan menejer etib tayinlandi. Bu yutuqlar ortida uning mehnatlari ham yotibdi. U futbolchilarning xarakteri va ruhiy holatini juda yaxshi tushunadi. O'yinlardan avval u ko'rsatmalar bermoqda, biz esa uni bajarishga intilyapmiz. G'alabalar shunday qo'lga kiritilmoqda. Biz imkon qadar hujumkor va chiroyli futbol namoyish etishga urinyapmiz. Hali mavsum davomida o'yinimizni yanada kuchaytiramiz deb o'ylayman.
- O'z o'yiningizdan qanchalik qoniqyapsiz?
- Bahoni boshqalar bergani maqul, lekin imkoniyatim etguncha jamoa o'yini va g'alabalariga hissa qo'shishga harakat qilyapman. Hozircha hammasi yaxshi, lekin mavsum uzoq davom etadi va asta-sekinlik bilan yuqori holatga chiqib borishim kerak. Buni butun jamoa bilan uddalashimiz zarur.
- Bu mavsumda hujumlarga ko'proq qo'shilyapsiz, ko'proq zarbalar berib, gollar uryapsiz. Bu ham ko'rsatmalar natijasidami?
- Albatta. Bu yil shunday o'ynayapmizki, jamoa hujumga o'tgan paytda men hujumchi ortida o'ynayotgan ikkinchi futbolchi vazifasini bajaryapman. Natijada oldingiga nisbatan ko'proq keskin vaziyatlarni sodir qilyapman. Himoyalanayotgan vaqtimizda esa odatdagidek ikki tayanch futbolchisidan biri bo'lib, bunga yordam beryapman. Jamoaning o'yini qovushayotgani ham bunda muhim o'rin tutadi.
- CHempionat saviyasi haqida qanday fikrdasiz? Unda o'sish bormi?
- O'tgan yilga solishtirsak, o'sish bor. Ayni paytda aksariyat jamoalarning saviyasi bir-biriga yaqin. CHempionatda yaqqol etakchi yo'q, deyarli barcha klublar tarkibida yaxshi saviyadagi futbolchilar mavjud. Faqat endi kimning imkoniyatdan qanday foydalanishi ko'p narsani hal etib beradi. Hozirgacha o'tkazgan o'yinlarimizda oson raqibga duch kelganimiz yo'q. Muxlislar ham o'tgan yilgidan ko'proq, menimcha. O'yinlardagi shiddat o'sgan. Kutilmagan natijalar ko'proq kuzatilishi mumkin. Xursand qilayotgan tarafi shundaki, “Paxtakor”ning o'z stadionidagi uchrashuvlariga ko'proq muxlislar kelmoqda. Klub tomonidan tashkil etilgan sovrinli o'yin bunga yordam berdi. Endi chiroyli o'yin ko'rsatib, o'sha ishqibozlarni har doim stadionga kelishga chorlayapmiz.
- Qaysi jamoalarning o'yini sizda iliq taassurot qoldirdi?
- Unchalik ko'p o'yinlarni kuzatmadim. Lekin hozirgacha “Lokomotiv”, “Nasaf” va “Bunyodkor” ishtirokidagi uchrashuvlarni ko'rdim. Toshkentda o'tgan “Lokomotiv” – “Nasaf” bahsida mehmonlarning o'yini maqul keldi. “Loko”ning “Bunyodkor” bilan bellashuvining oxirgi 15 daqiqasini tomosha qildim. Unda “Lokomotiv” yaxshiroq o'yin namoyish qildi.
- Gruziya milliy terma jamoasiga chaqiruv olganingiz haqida malumotlar paydo bo'ldi. Bunga aniqlik kiritsangiz.
- Hozircha milliy terma jamoaning o'rtoqlik o'yinlari uchun kengaytirilgan ro'yxatga kiritilganim haqida malum qilishdi. Yakuniy tarkib esa keyinroq malum qilinadi.

Fikrlar