So’nggi yangiliklar

14:22Расман: "Андижон" икки легионер билан шартномани бекор қилди  0 14:00ПСЖ Чемпионлар лигаси бир мавсумида 148,4 миллион ишлаб топди. Нега бунча кўп?   1 13:23"Насаф" ўз футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  8 13:13"Крус Асул" - КОНКАКАФ Чемпионлар кубоги ғолиби  2 12:44Танаффусдаги тараддуд. "Шўртан" назорат учрашувида ғалаба қозонди  0 12:20Искандар Шойқулов: "Кўп очко йўқотдик. Умид қиламанки, тез орада ҳаммаси жойига тушади"  1 11:55Жалолиддин Машарипов: "Ҳаддан ташқари ортиқча мотивация ўйинга халақит бериши мумкин"  15 11:30Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди  15 11:15Ўзбекистон миллий терма жамоаси кўтаринки кайфиятда БАА билан ўйинга тайёрланмоқда  3 10:50"Барселона" "Арсенал" футболчиси билан музокараларни бошлади  6 10:22ПСЖ яна бир талант учун курашга қўшилди  4 09:53Гарначо фаолиятини АПЛда давом эттиришга қарор қилди  4 09:24ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни ижарага бериш керак"  11 08:55Футзал. Бугун Ўзбекистон кубогининг финал учрашуви бўлиб ўтади  0 08:20УEФА клублар рейтингини янгилади  29

Kaxi Maxaradze: "Anchadan beri gol kiritmayotgan edim, shu sababli juda ham xursandman" Yangiliklar

Kaxi Maxaradze: "Anchadan beri gol kiritmayotgan edim, shu sababli juda ham xursandman"

Bugundan oliy ligada 25-tur uchrashuvlariga start berildi. Kun doirasidan o'rin olgan qiziqarli bellashuvlardan birida “Lokomotiv” o'z maydonida “Qo'qon-1912”ni qabul qildi.

Asosan “Temiryo'lchilar”ning ustunligi ostida o'tgan o'yinda “Loko” 4:0 hisobida g'alabaga erishdi. Match yakunlangach jamoa etakchilaridan biri Kaxi Maxaradze klub matbuot xizmatiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Uchrashuv qanday o'tdi? Qayd etilgan natijadan mamnundirsiz…  

- O'yinni yaxshi o'tkazdik. Butun bahs davomida raqibdan yakkakurashlarda ustun kelishga va yaratilgan barcha vaziyatlardan unumli foydalanishga harakat qildik. Yakunda hisob yirik ko'rinish oldi. Bundan xursandmiz, albatta.

- Raqib jamoa bugun u qadar katta qarshilik ko'rsata olmadi. “Qo'qon-1912”dan bunday o'yin kutganmidingiz?

- Rosti, raqibning bizga jiddiy qarshilik namoyish etishini kutgandik. Bilasizmi, bu – futbol. O'yinning qanday kechishini oldindan aytib bo'lmaydi. Raqib bugun yomon o'yin ko'rsatmadi. Lekin biz o'z ustunligimizni namoyish qila oldik. Deyarli har jabhada imkoniyatni boy bermaslikka urindik va o'ylashimcha, buni uddalay oldik.


- Uchrashuvdagi dastlabki golga mualliflik qildingiz. Gol kiritish juda yoqimli bo'lgan bo'lsa kerak…
- Ha, albatta! Anchadan beri gol kiritmayotgan edim. SHu sababli ham raqib darvozasini ishg'ol etish – juda ham yoqimli bo'ldi. Bilasizmi, so'nggi bor aynan “Qo'qon-1912” jamoasiga gol urgandim. Bugun ham shu jamoa darvozasiga yo'l topa oldim. Bundan xursandman, albatta. Eng muhimi esa – “Lokomotiv” kerakli 3 ochkoga ega bo'ldi va bunga men ham o'z xissamni qo'sha oldim.

- Uchrashuvni yarim himoya chizig'ida boshladingiz va keyinroq himoyaga o'tdingiz…

- Ha, nimani nazarda tutayotganingizni tushundim. Men aslida tayanch yarim himoyachisiman. Asosiy vazifam – raqib hujumlarini buzish va himoyachilarga yordam berish. SHuningdek, jamoa hujumlarini tashkil etishda ham qo'ldan kelgancha naf keltirishga urinaman. Rostini aytadigan bo'lsam, menga qaysi poziciyada o'ynashning unchalik ahamiyati yo'q. Eng muhimi – jamoamga foyda keltirsam bo'lgani.

- Oldinda “Lokomotiv”ni juda zich o'yinlar taqvimi kutib turibdi…

- Ha, bu oy so'nggiga qadar deyarli har 3-4 kunda o'yin o'tkazamiz. Jamoamizda yaxshi ijrochilar yig'ilgan. Qolaversa, zaxira o'rindig'imiz ham ancha boy. O'ylashimcha, oldinda turgan o'yinlarni ham yaxshi darajada o'tkaza olamiz. Zero oldimizga chempion bo'lish vazifasi qo'yilgan ekan, biz har bir o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga chiqishimiz lozim bo'ladi. SHu boisdan ham endi ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика