So’nggi yangiliklar

11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  0 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  1 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  2 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  0 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  12 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  6 05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  6 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  1 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  1

Kaxi Maxaradze: "Al Ayn" to'sig'idan o'tish uchun bor kuchni ishga solamiz" Yangiliklar

Kaxi Maxaradze: "Al Ayn" to'sig'idan o'tish uchun bor kuchni ishga solamiz"

Bugun Osiyo chempionlar ligasi chorak finalda "Lokomotiv"ning raqibi malum bo'ldi.
"Temiryo'lchilar" navbatdagi bosqichda BAAning "Al Ayn" klubiga qarshi bahs olib borishadi. Biz ushbu yangilik hamda boshqa mavzular yuzasidan "Loko" etakchilaridan biri Kaxi Maxaradzening fikrlari bilan qiziqdik.

- Kaxi, OCHL qura natijalari haqida nima deya olasiz?

- Bizga kuchli raqib tushdi deyishim mumkin. "Al Ayn" haqida ozmi-ko'pmi bilaman, chunki bu jamoaga qarshi o'tgan yil "Paxtakor" safida o'ynaganman. Safarda 1:1 hisobini qayd etgandik. "Lokomotiv" ham dastlabki uchrashuvni safarda o'tkazadi va umid qilamanki, natija biz uchun ijobiy ko'rinish oladi. "Al Ayn" to'sig'idan o'tish uchun bor kuchni ishga solamiz.

- Narigi juftlikda "Al Jayish" hamda "Al Nasr" bahs olib boradi. Bunda kimning imkoniyatlarini yuqori baholaysiz?
- Buyog'iga kuchsiz jamoaning o'zi qolmadi. "Al Nasr" bilan bu yil bir guruhda kurash olib bordik va ular ham yaxshi jamoa. Agar yarim finalga chiqsak, balki yana shu klub bilan o'ynarmiz.

- "Lokomotiv" Kubok o'yinida "Uz-Dong-Ju"ni 9:0 hisobida mag'lub etdi. SHunday hisob bo'lishini kutganmidingiz?
- Yo'q, albatta. Men raqib darvozasiga to'rtta-beshta gol uramiz deb o'ylagandim. Ammo 9:0ni hech kim kutmagan bo'lsa kerak.  

- Yana ikki kundan so'ng "Lokomotiv" "Buxoro"ga qarshi maydonga tushadi. Raqib haqida nima deya olasiz?
- To'g'risini aytsam, bu yil hisobidan "Buxoro"ning hech qaysi o'yinini to'liq ko'rmadim. Ammo raqib safida yaxshi futbolchilar borligini bilaman. Bejizga bu jamoa "Paxtakor"ni Kubok bahslaridan chiqarib yuborgan yo'q.

- Kaxi, nima deyb o'ylaysiz, "Lokomotiv"ga markaziy himoyachi kerakmi?
- Bu savol menga emas, murabbiylar shtabiga berilgani maqul. To'g'ri, oxirgi o'yinlarda himoyachi sifatida o'ynayapman va bu men uchun qiyinchilik tug'dirayotgani yo'q. Muhimi, darvozada turmasam bo'lgani, maydonning istalgan chizig'ida to'p tepishga harakat qilaman.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика