Kavanining "Atletiko"ga o'tishi - hal qilingan masala

Alisher
3 fev 2020, 16:21
PSJ forvardi Edinson Kavani yozda Madridning "Atletiko" klubi o'yinchisiga aylanadi.

32 yoshli urugvaylik futbolchining agentining aytishicha, futbolchi APL klublari bilan aloqada bo'lgan va o'yinchiga ingliz klublari katta maosh taklif qilishgan.

Ammo, hech bir klub Edinson Kavanini "Atletiko"ga borish fikridan qaytara olmagan. Shunday ekan, Kavani yozda shartnoma tugagach erkin agentga aylanadi va "Atletiko" bilan shartnoma tuzadi.

Xabar qilishicha, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" o'yinchi bilan aloqaga kirishgan, ammo hammasi muvaffaqiyatsiz tugagan.

Kavani joriy mavsum Fransiya chempionatida 10ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mirror