Kavani: "Faoliyatimni yakunlash haqida ham o'ylab ko'rgandim"
07 okt 2020 00:55
Yangiliklar


Kavani: "Faoliyatimni yakunlash haqida ham o'ylab ko'rgandim"
Yaqindagina "Manchester Yunayted"ga o'tgan Edinson Kavani koronavirus pandemiyasi sababli faoliyatini yakunlamoqchi ham bo'lgan ekan.
"Salomatlik doim birinchi o'rinda. SHu boisdan faoliyatimni yakunlash borasida ham o'ylab ko'rgandim. Oldimda qishlog'imda qolib, hayotimni oilam uchun bag'ishlash varianti ham bor edi.
Qizim bilan birgalikda koronavirusdan tuzaldik. Hozir esa barchasi joyida va oldingidek yashayapmiz.
CHempionatlar qayta boshlanganda esa albatta, yangi jamoaga o'tish istagi paydo bo'ldi. Ayni damda "Manchester Yunayted"daman va ushbu klub libosida maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi Kavani.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar