So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  7 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

KATTA INTERVYU: G'anisher Rahmatullaev sport sharhlovchilari, tennis, "Zakovat" va yana ko'plab mavzular haqida Yangiliklar

KATTA INTERVYU: G'anisher Rahmatullaev sport sharhlovchilari, tennis, "Zakovat" va yana ko'plab mavzular haqida

Sobiq tennischi, o'z vaqtida "Sport TV" telekanalida sharhlovchi sifatida ishlagan G'anisher Rahmatullaev bugungi kunda nimalar bilan band?

Jurnalist Evdokim Raimov G'anisher Rahmatullaev bilan katta suhbat tashkil etdi. 

Intervyuning o'zbek tilidagi variantini etiboringizga havola qilamiz. 


G'anisher aka, ko'pchilik sizning Sport TVdagi sharhlovchilik faoliyatingizni eslaydi. Ammo, keyin yo'qolib qoldingiz. Hozirda nima bilan shug'ullanyapsiz?

Tennis bilan tinimsiz 40 yildan beri shug'ullanaman. Hozir esa shug'ullantiryapman. Sportchilar bilan emas-ku, ko'proq havaskorlar bilan. CHunki hammasiga vaqt etmaydi. Ko'p vaqtim seriallarda suratga tushishga sarflanadi. Qandaydir aktyor bo'lib qoldim, buni o'zim ham tushunmayapman (kuladi). Meni seriallar, filmlarga chaqirishyapti, rollar taklif qilishyapti. Aynan oyning so'nggida bitta serial, oktyabrda yana bittasi chiqishi kerak. SHunday ekan, mediani unchalik ham tark etmaganman. 

Bundan tashqari, biz har hafta kvizlar o'tkazamiz. Bu mamlakatimizda mashhur bo'lgan Pab-kviz formatidir. Aslida, biz bunday narsalarni olib kirgan birinchi insonlardan biri bo'ldik. Bundan tashqari, men Nargiz Zakirovaning koncert direktoriman.


Eshitishimcha, tennis faoliyatingizni jarohat sabab yakunlagansiz. Tennischi sifatida qanday eng yorqin muvaffaqiyatlaringizni qayd eta olasiz?

Birinchidan, men Sport ustasi unvonini Sovet davridayoq olganman, aynan o'sha patda Ittifoq parchalangan edi. Biz eng yuqori nuqtamizga chiqdik. O'ynashim mumkin edi. Ammo, o'shanda davlat tomonidan sharoit va yordamni his qilmadim. SHu bilan birga, pauza forma va o'yin darajasiga tasir qildi. Musobaqalarni 1993-1994 yillarda tiklashdi. Bu yo'qotilgan ikki yil edi. Uzoq tanaffusdan so'ng shug'ullanishni boshlasang, jarohat ehtimoli ko'proq bo'ladi. Birinchi, keyinroq ikkinchi va uchinchi jarohat paydo bo'ldi. Albatta, qanchadir vaqt o'ynadim, ammo kerakli natijaga erishib bo'lmadi. Garchi yuqori bo'lmasa-da, ATP reytingida bo'lganman.

O'smirlar o'rtasida, Ittifoqda o'ntalikda bo'lganman. O'zbekiston Respublikasi chempionatini yutganman, finallar bo'lgan. So'ngra murabbiylikka o'tdim va bunda natijalar qiziqarliroq bo'ldi.


Mantiqan, ko'plab sportchilar murabbiylikka ketishadi. Ammo, sizning fikringizcha, murabbiy bo'limning eng yaxshi tarafi nima? Nega murabbiylikka talab yaxshi?

Sportchilar faoliyatlarini yakunlaganlaridan so'ng faqat murabbiylikka ketishmaydi. Xafa bo'lishmasin-u, bu hayotiy haqiqat: yomon sportchi hakam bo'ladi, yaxshisi esa murabbiy. Sababi ular sportni bilishadi, sportni sevishadi va nimadir bera oladilar. Yani, sportchi bo'lgan murabbiy shogirdlari bilan o'zi amalga oshira olmagan narsani qilishga urinadi. SHu eng zo'r tomoni. Masalan, siz bola bilan ishlaysiz, unga natijalarga erishishida va yuqoriga ko'tarishga yordam berasiz. Har bir erishilgan muvaffaqiyatdan zavqolasiz. Hech kimga sir emaski, tennis moddiy nuqtai nazardan yaxshi daromad keltiradi.


Murabbiylik faoliyatingizda qaysi shogirdlaringiz APTWTA darajasiga qadar ko'tarilgan?

Farruh Do'stovni aytsak, u bilan 1997 yilda ishlaganman. Bir yillik muddatdan so'ng, u darhol porladi. O'z yoshida mamlatakatda birinchi bo'ldi va o'zidan ikki-uch yosh kattalar ichida uchlikka kirdi. Aynan o'sha paytda Sasun SHashkuri (eronlik biznesmen va tennis promouteri, Kreml Kubogini tashkil qilgani bilan ko'proq tanilgan)ga aloqaga chiqdik. Uchrashuv tashkil etishni so'radim. Ko'riklardan so'ng Farruhning kelajagi borligi malum bo'ldi va unga chetga chiqish uchun «yashil chiroq» berishdi. SHunday bo'ldiki, Farruh dunyoning eng yaxshi yuztaligida o'ynadi. Bu juda ajoyib fakt. Agar tennischi dunyoning top-100taligiga kirsa – bu allaqachon daraja hisoblanadi. SHundan so'ng 10 yildan oshiq vaqt davomida Denis Istomin bilan birga terma jamoaning etakchisi bo'ldi, u hozir ham shu sohada. Uning faoliyatida o'z hissamni qo'shganimdan faxrlanaman. 

Bundan tashqari, ko'plab shogirdlarim O'zbekiston Respubligasi birinchiliklarida g'olib chiqishdi, yana kimdir ITF, WTA, ATP darajasida o'ynadi. SHogirdlarim dunyoning eng yaxshi o'ntaligiga kirishdi va orzularim amalga oshdi deya olmayman. Bunday bo'lmadi. Ammo, ko'plab shogirdlarim yirik musobaqalar, jumladan Katta Dubulg'a turnirlarida o'ynashdi. Bu ham yaxshi natija deb o'ylayman.



Yaqinda O'zbekiston termasi Devis Kubogida yaponlarni mag'lub etdi. Istomindan tashqari u erda ko'zi chaqnab turgan yoshlarni ko'rdim. Ammo, Istomin yarim kuchi bilan o'ynagandek tuyuldi. SHunga qo'shilasizmi?

Yosh etib kelganini tushunish kerak. Denis 36 yoshda. Bu odatda faoliyatni yakunlaydigan yosh. O'yinchi sifatida, unga katta hurmat bilan qarayman, ammo uning butun mahoratiga qaramay, baribir chegara bor. Boshdan yuqori sakrash biroz qiyinroq. Qolaversa, raqib ham ancha jiddiy edi. Yaponlar doim yaxshi harakat qilishgan. Bu Istominning o'ynashni xohlamaganidan emas. SHunchaki uning hozirgi jismoniy holati faoliyatining cho'qqisida bo'lgani kabi emas. Buni tushunish kerak. U tajribasi orqali qaysidir manoda terma jamoaga yordam berishga harakat qilmoqda. 

Afsuski, hozirda uning o'rnini bosadigan hech kim yo'q. Masalan, Fomin, boshqa yosh yigitlar bor. Ularga hurmatni saqlagan holda aytaman, ular u darajadagi o'yinchilar emas. Hozirda bizda O'zbekiston terma jamoasini birinchi guruhda Jahonga olib chiqadigan bunday o'yinchilar yo'q. Farruh bilan Denis shunday saviyada bo'lgan deylik. Hatto ular bilan ham Jahon guruhiga chiqishni uddasidan chiqa olmaganmiz. Ko'p marta pley-offga chiqqanmiz, men hatto sanog'ida ham adashib ketaman, Jahon guruhiga esa biror marta chiqmaganmiz. Hozirda terma jamoaning darajasi oldingidek emas.


Denis Istominni uch so'z bilan tariflab bering.

Bu o'yinni his qiladigan inson desak bo'ladi. Men unga ishonaman, u jasur yigit. U olgan jarohatidan so'ng (turnirlar orasida yo'lda og'ir avtohalokatga uchradi – izoh.) qaytdi va muvaffaqiyatli erishdi. Bu hammaga ham berilmaydi. Qaysidir manoda u omadli yigit ham. Uning faoliyati nimadan boshlangan? U Osiyo chempionatini yutdi va AustralianOpen'da ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi. Tajribasiz o'yinchi 1-2 davrada yaxshi o'ynadi, undan ortiq emas. Hammasiga to'g'ri ko'z bilan qarash kerak. SHunchaki mag'lubiyatga uchrash va qaerdadir yo'qolib qolish qiziqarli bo'lmasdi. U esa ilk o'yindayoq Rojer Federerga to'qnash keldi. Ushbu o'yinni butun dunyo ko'rdi, u elitaga shunday portlash bilan kirdi. Ha, u uchta setni ham yutqazdi (AustraliaOpen-2006'ning ilk davrasi, 1/64 final. Istomin Federerga 2-6, 3-6, 2-6 hisoblarida yutqazdi – izoh), ammo bu fakt. U faoliyatidagi ilk o'yinni Federerga qarshi o'tkazdi. Birinchi raqamli tennischiga qarshi. Federer – afsona. Bunday o'yin esa doimo yodda qoladi. Istomin juda omadli, juda jasur va shunchaki yaxshi yigit.


Farruh Do'stov. U ko'p yillar davomida Istominning soyasida qoldi. Hozirda esa terma jamoa sardori. U sizda nimasi bilan yodda qoldi?

Farruh juda iqtidorli yigit. Men Farruh bilan ishlaganimda, u va Istominning farqi Do'stov foydasiga juda katta edi. O'shanda Farruh o'z tengdoshlarining barchasidan bir bosh ustun edi. Nazarimda, u ancha yuqori darajada o'ynashi mumkin bo'lsa ham, biroz italyan klublariga o'rganib qolgandi. Klub tennisining o'rta darajasida qolgan holda, ko'plab yirik turnirlarda ishtirok etmadi. Menimcha, bu biroz yomon tasir ko'rsatdi. Agar Farruh Denisdek APTTour musobaqalarida ishtirok etganida edi, menimcha, hozirgi yutuqlaridan ko'prog'iga erishardi. Ammo, bunga qaramay, u dunyoning birinchi yuzligiga kirdi.

Sardor bo'lish haqida nima deyish mumkin? Nega endi yo'q? U tajribali odam. Oldin aytib o'tganimdek, terma jamoada ko'p yillar o'ynadi. U Denis bilan birgalikda o'yinlar soni bo'yicha rekordchi. Tajribaning o'rnini bosib bo'lmadi. SHu bilan birga, u tizimni, yigitlarni yaxshi biladi. Uning sardorligida ajablanarli narsa yo'q.


Agar ayollar tennisi haqida gapirsak, Iroda To'laganovadan so'ng Oqgul Omonmurodovani ko'rdik. Ammo, bizning erkaklar tennisimiz bilan solishtirsa, hali ham kontrast mavjud. Ayollar tennisi ortda qolgandek. Bu nima bilan bog'liq?

Qarang, erkaklar tennisida top-100da bizdan ikkita odam bo'lgan – Denis Istomin va Farruh Do'stov. Ayollar tennisida ham ikkitasi kirgan – Iroda To'laganova va Oqgul Omonmurodova. Qolaversa, Omonmurodova o'z vaqtida 50-o'rinni egallagandi, bu juda munosib natija. Lekin bundan tashqari, bizda yigitlardan ko'ra kuchliroq qizlar termasi bor edi. Bunday holatlarni bir necha bor o'tkazib yubordik va rivojlanishga yo'l qo'yilmadi. Bular 1988-90 yillarda tug'ilgan tennischilar, kuchli terma. Vlada Ekshibarova, Diana Narziqulova, Dilyara Saidxo'jaeva, keyin Albina Xabibullina, Aleksandra Kolesnichenko va Nigina Abduraimova paydo bo'ldi. Aslida, o'sishi mumkin bo'lgan yaxshi jamoa edi.

Bugungi kunda esa na u, na boshqa terma jamoa asossiz tarzda zaif natijalar ko'rsatmoqda. Bizda moliyaviy holat kamroq ekanligi va tennisga etibor kamayganini tushunaman. Ammo, shunga qaramay, yangi tennischilarni etishtirish mumkin edi. Bizda imkoniyat bor, shunchaki undan foydalanish va u bilan ishlash kerak.


SHuningdek, top-100 reytingiga kirgan Varvara Lepchenko ham o'ynagan. Nega u AQSHga ketgan. Bu ko'chish edimi?...


Intervyuning to'liq qismi Olamsport.com saytida > > > KATTA INTERVYU: G'anisher Rahmatullaev sport sharhlovchilari, tennis, "Zakovat" va yana ko'plab mavzular haqida

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика