So’nggi yangiliklar

21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  2 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  1 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  1 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  2 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  2 17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  11 16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  12 16:27Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га йўл олишини айтди  10

Katanec to'g'ri xulosalar chiqardi, ammo Hindistonga qarshi o'yindagi g'alabaga ortiq baho berib yuborish kerakmas Yangiliklar

Katanec to'g'ri xulosalar chiqardi, ammo Hindistonga qarshi o'yindagi g'alabaga ortiq baho berib yuborish kerakmas

Nikolay Egorichevning kechagi o'yin haqidagi fikrlari.

Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev kecha bo'lib o'tgan Osiyo kubogi doirasidagi Hindiston va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yin yakuni bo'yicha kichik matn tayyorladi.

Kechagi g'alabani ortiqcha baholab yuborish kerakmas. Ha, Hindiston terma jamoasi unchalik kuchli raqib emas, ammo Suriya ham yutib bo'lmaydigan jamoalardan emasdi.

O'sish ko'rinib turibdi va birinchi navbatda bunga asosiy tarkibdagi o'zgarishlar sabab. Katanec birinchi o'yinda bo'lgani kabi "velosiped ixtiro qilmadi". Asosiy tarkibga suriyaliklarga qarshi ham ilk daqiqalardan o'ynashi kerak bo'lganlar tushdi.



Qiziqarli vaziyat shunda bo'ldiki, barcha uch gol ham Suriyaga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushmaganlar hisobiga yozildi. Fayzullaev ikkita golda ishtirok etdi, Sergeev gol urdi va uchinchi to'pda yordam berdi (himoyachi bilan kurashdi), Nasrullaev esa ilk golga berilgan assistdan oldin uzatma ijro etdi, shundan so'ng esa o'zi ham to'p kiritdi. Hech kim, ehtimol SHerzodning o'zi ham golli hujumda bunchalik yuqoriga ko'tarilishini kutmagandi.

Masharipov va Sayfievni ayniqsa birinchi taym uchun qayd etib o'taman. Ularning ikkisiga ham Osiyo kubogidagi ilk o'yindan so'ng ko'plab tanqidlar yog'dirilgandi. Ularni ajoyib o'yin ko'rsatdi deyish qiyin, ammo suriyaliklarga qarshi o'yindan ancha yaxshi harakat qilishdi. Sayfiev Nasrullaevga assist berdi, Masharipov esa bir nechta yaxshi harakatlar qildi, masalan to'p ustunga tekkanda ijro etgan jarima to'pi va birinchi bo'limning so'nggida Fayzullaevga bergan pasi va Abbos darvozabonning o'ziga zarba bergan vaziyat. Ilk bo'limda Masharipov va Fayzullaev bir-birlari bilan yaxshi o'ynashdi, ehtimol ularda "bog'lam" hosil bo'layotgandir.



Odil Hamrobekovning o'yinini ham qayd etish lozim. U birinchi taymda juda foydali harakat qildi: to'pni olishga kirishgan holda raqibning bir nechta hujumlarini barbod qildi va maydon markazida hujumlarni kesdi. Doimgidek mudofaa chizig'imiz ham ishonchli edi. O'tkir Yusupov yaxshi o'yin o'tkazdi. U ayrim vaziyatlarda xato qildi, ammo o'z xatolarini to'g'irladi (darvozamizni ustun qutqargan vaziyatdan tashqari).

O'zbekiston terma jamoasi kutilganidek ikkinchi bo'libda o'yinni sekinlashtirdi. Albatta, oldinda raqibga bosim o'tkazish mumkin edi, ammo Avstraliyaga qarshi o'yindan oldin kuchni tejash gollar farqidan (kerak bo'lishi aniq ham emas) muhimroq. SHu bilan birga, vaziyatlar umuman bo'lmadi deyish qiyin. CHap qanot orqali ko'plab xavfli vaziyatlar yaratildi, shuningdek yakunda Iskanderovning shedevr zarbasini esdan chiqarmaymiz. Afsus, to'p darvozaga kirib ketmadi – ajoyib gol bo'lgan bo'lardi.

4-3-3 / 4-2-3-1 sxemasi hozirgi O'zbekiston terma jamoasiga ko'proq mos tushadi deb hisoblayman. Ammo, Katanec keyingi o'yinlarda uch nafar markaziy himoyachi sxemasiga qaytsa kerak. Umuman olganda kechagi o'yinga terma jamoa murabbiylar shtabining qanday munosabatda bo'lishi qiziq. Ilk o'yindan to'g'ri xulosalar chiqarildi.

Yaxshi bo'lgan payti maqtash kerak. Ammo, o'z kuchiga ortiqcha baho berish ham yaramaydi. Xudo xohlasa, oldinda Osiyo kubogi doirasida bir necha o'yinlarimiz bor.


Nikolay Egorichev 

Alisher Ostonov tarjimasi
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика