Kassanoning fikricha, Messi Maradona va Ronaldudan kuchliroq
12 fev 2016 15:49
Yangiliklar


Kassanoning fikricha, Messi Maradona va Ronaldudan kuchliroq
"Roma" va "Real" sobiq hujumchisi Antonio Kassano jahonning eng kuchli futbolchisi kim ekanligini aytdi.
"Nima haqida gapiryapsiz? Messida 5ta "Oltin to'p" va 26-28 ta sovrin bor. Hozir futbolda qiyinroq. Unda Maradonaning davridan ko'ra jismoniy tayyorgarlik bo'yicha talablar ko'p. Messining oyoqlariga tepishadi, ammo u uchun hech narsa o'zgarmayapti. U xohlaganida gol urmoqda. Krishtianu - Nadalga o'xshaydi, Messi esa Federer. Nadal - ajoyib tennischi, ammo uning jismoniy formasi pasaysa hamma sovrinni yuta olmaydi. Federer 35 yoshda, ammo o'z mahorati evaziga cho'qqida. Hozir Krishtianu Messidan bir qadam orqada, ammo 2-3 yildan so'ng unda pasayish bo'ladi. Leo 35, 36, 37 yoshigacha o'ynay oladi" - deydi Kassano.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar