So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  2 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  1 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  8 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

"Kaskadyor" - Lyov Yangiliklar

"Kaskadyor" - Lyov

O'tgan haftada Germaniya yoshlari Evropada, asosiy terma jamoasi Konfederaciyalar kubogida zafar quchdi.


Nemis mashinasi 2006 yildan buyon katta musobaqalarni sovrinsiz yakunlamayapti. Uzluksiz sovrindor bo'lish bo'yicha germaniyaliklar rekord o'rnatishmoqda.

Germaniya futbolining muvaffaqiyati siri bu albatta tizimga borib taqaladi.
Ularda inqirozli davrdan keyin, yani 2000 yildan so'ng katta islohotlar boshlangan va shundan keyin butun mamlakat futboli aniq reja asosida ishladi.
Natija esa barchaga malum.
Germaniyadagi tizimni hozirda barcha gapirmoqda. Hamma ulardan o'rnak olishni istamoqda.
Lekin men bu tizim haqida to'xtalmoqchi emasman. Bu haqida ko'p gapirilgan, yana gapiramiz. Faqat boshqa rakursdan.

Bilasiz, bu yili Konfederaciyalar kubogi o'tkazilishi malum edi. Barcha qitalar chempioni qatnashadigan ushbu turnirga Germaniya terma jamoasi jiddiy qaramadi. Yani, nemis mashinasi rulidagi "haydovchi" - Yoaxim Lyov Rossiyaga "Mers"da emas, yangi rusumdagi hali sinovdan o'tmagan "Opel"da borishni lozim topdi.
Bilasiz, "Opel" ham hazilakam mashina emas. Bu avtomobildan ham to'g'ri foydalansa, manzilga birinchi bo'lib kelish mumkin.


Lyov Rossiyaga jamoaning yuulduzlarisiz, asosiy tarkibdagi etakchilarni bezovta qilmagan holda borgisi keldi. Buning esa o'ziga yarasha sabablari bor.

CHunki Lyovni bu qarorga kelishiga jamoaning asosiy kiperi va sardori Manuel Noyerni jarohatda bo'lgani, Boateng ham safga qaytmagani, Toni Kroos, Xedira kabi futbolchilar uchun mavsum juda uzoq cho'zilgani ham rol o'ynagani shubhasiz.
Qarasa baribir to'liq asosiy tarkib bilan borishning imkoni yo'q. Qolaversa, ko'plab futbolchilar Evropa chempionlar ligasining finaliga qadar borishgani tufayli mavsumni juda kech yakunlashdi. SHu erda Lyov kelasi yilgi mundialni o'yladi. Yani, Lyov uchun aslida Konfederaciyalar kubogidagi muvaffaqiyatdan ko'ra, jamoani Jahon chempionatiga ideal holatda borishi muhimroq.
Germaniya terma jamoasidagi raqobat shu qadar kuchliki, etakchilardan voz kechgan holatda ham yaxshigina tanlovlar qurshovida qolish mumkin. SHularni inobatga olgan murabbiy, yulduzlarga dam berishni maqul topdi va ikkinchi rejaga o'tdi. SHu o'rinda Lyov sovrin yutishni birinchi o'ringa qo'ymadi va etakchilarni hordiq chiqarib olishlariga imkon yaratdi. O'tgan yili Evropa chempionati, bu yili esa Konfederaciyalar kubogi va kelasi yili mundial bo'lishini hisobga olsak, futbolchilar uzluksiz maydonda bo'lishlariga to'g'ri kelardi.
Yaxshi dam mehnatga hamdam, deganlaridek, Lyov bu taraflarini ham o'yladi.
O'rtada "pauza" kerak edi. Lyov futbolchilarning jismoniy holati va kuchini to'g'ri taqsimlagan holda qaror qabul qildi.

Yogi Konfederaciyalar kubogiga o'tgan mavsumda Bundesligada o'z jamoasi safida yorqin o'yin ko'rsatgan yangi nihollarni olib ketdi.
Bu bilan Lyov avvalo Jahon chempionati oldidan jamoaning ichki rezervini ko'rib olmoqchi bo'ldi. Yangi taktik chizgilar sinovdan o'tkazildi. Bazi yoshlarni ushbu turnir orqali toblantirdi. Asosiy rejalari va maqsadlari shu edi. Bir hafta ichida yig'ilgan yangi tarkib, Germaniyaning xattoki ikkinchi tarkibi, deya olinmayotgan ushbu jamoa yakunda Konfederaciyalar kubogida zafar quchdi. Yuksak tartib intizom, nemischa matonat taktik va tarkib jihatdan kuchli ko'ringan CHilini engish uchun etarli bo'ldi.
Bu ularga yoshliklaridan miyalariga singib ketgan, o'rgatilgan. Yoshlar, terma jamoaga endigina chaqiruv olgan yoshlar shoshib qolishmadi. Bu yuksak darajadan dalolat. Bundesliganing o'rta saviyadagi jamoalaridan tashkil topgan, o'rtacha darajadagi futbolchilar bilan bajarilgan ish.
Yangi Germaniya Konfederaciyalar kubogida o'yindan-o'yinga shakllandi, kuchaydi. Buning uchun ularga ortiqcha yig'in ham kerak bo'lmadi. Hammasi juda tezda ruy berdi.


Konfederaciyalar kubogidagi muvaffaqiyatning yana bir asosiy omili - terma jamoadagi juda kuchli raqobat. Germaniya terma jamoasiga kira olmaydiganlarning ro'yxatidan ham bitta kuchli jamoa tuzsa bo'ladi. Bunga amalda ham yana bir bor amin bo'ldik.

Yoaxim Lyov shunday murabbiyki, ushbu mutaxassis futbolchining yoshiga etibor qaratmaydi. Ko'pchilik Germaniya terma jamoasi har Jahon chempionatidan keyin keskin yosharadi, avlodlar almashuviga qattiq etibor berib, buni silliq o'tkazishini gapiradi. Bu albatta juda to'g'ri. Lekin Lyov shuni unutmaydiki, har qanday yosharadigan tarkibga, kamida 4-5 nafar ko'pni ko'rgan, tajribali futbolchi lozimligini biladi.

Oddiy misol, Konfederaciyalar kubogiga borgan tarkibda terma jamoadan ilk marta chaqiruv olgan futbolchilar etarlicha topilardi. Ulardan biri Lars SHtindl. Ushbu hujumkor futbolchi turnirda uchta gol urib, to'purarlar ro'yxatidan o'rin oldi.
Vaholanki, SHtindl allaqachon 28 yoshni qarshilagan. Lekin myonxengladbaxliklarning o'tgan mavsumdagi yulduzi uchun terma jamoa eshigi ushbu yozda ochildi. Bu tarkibdagi qariya futbolchi sifatida gavdalangan SHtindl esa hamma gap yoshda emasligini amalda isbotladi.
Germaniyaga sovrin olib kelgan golni ham aynan Lars urdi.

Bu bir tomondan Germaniyaning oltin avlodining soyasida qolib ketayotgan ikkinchi avlod uchun o'ziga xos yaxshi tuhfa bo'ldi.
Masalan, juda kech porlagan Vagner hamda SHtindl etakchilar dam olayotgan bir pallada terma jamoa bilan xalqaro maydonda o'ynashga va kamida sovrin yutishga muvaffaq bo'lishdi. Keyinchalik bu futbolchilar terma jamoadan chaqiruv olishlari yoki raqobatda g'olib chiqishlari mushkul vazifa. Ammo ular o'z faoliyatlaridagi yangi sahifada terma jamoa bilan erishgan yutuqni ham yozib qo'yishga muvaffaq bo'lishdi. Muhimi shu.

Buyog'ida esa jarayon davom etadi. Ularda chanqoq yanada kuchaydi, terma jamoa havosidan yana nafas olishga bo'lgan ishtiyoq oshdi. Buyog'iga ularning maqsadi mundialda o'ynash uchun raqobatda engilmaslik. Yoaxim Lyovning ham asosiy maqsadi har gal raqobatni yangitdan uyg'otishi va hech kimni engil nafas olishga yo'l qo'ymasligi. Jarayon biroz pasaysa ham bu tezda bilinadi. Hozirgi zamonaviy futbol bir zum bo'lsada tin olishga yo'l qo'ymaydi. Buni esa germaniyaliklar juda yaxshi tushunishadi.


Konfederaciyalar kubogida JCH-2014 ishtirok etgan futbolchilardan Mustafi, Ginter va Draksler bordi. Yulian jamoani sardor sifatida boshladi.
Germaniya terma jamoasining hozirgi asosiy tarkibidan esa ikkita qanot futbolchilari - Kimmix hamda Xektor olib ketildi. CHunki Kimmix "Bavariya"da asosan zaxirada qoldi. Xektor esa bilasiz klubida asosan tayanch zonasida harakat qiladi.

Germaniya terma jamoasidagi eng katta muammo bu qanot futbolchilari sanalishadi. Bekorga Lyov ularni olib ketmadi. CHunki ular bir xil ritmda bo'lishlari va Kimmix Lamdan keyin o'ng qanotga, Xektor esa terma jamoaga kelib chap qanotga ko'nikishi kerak. SHularni inobatga olgan Lyov asosiy tarkibdan shularni olib ketdi. Kimmixga o'yin amaliyoti kerakligi, Xektorga esa aynan chap qanotga amaliyot zarur edi.
Qolgani esa Germaniya yoshlar terma jamoasining asosiy uzagidan tashkil etildi. Bu orada esa aynan o'sha yoshdagi terma jamoa Evropa chempionatida qatnashishiga to'g'ri keldi. Natijada esa Germaniya yoshlar terma jamoasi ham asosiy tarkibda musobaqaga bormadi. CHunki ularning uzagi asosiy terma jamoa bilan Konfederaciyalar kubogiga yo'l oldi. Germaniya terma jamoasi ham Rossiyaga o'zining asosiy tarkibisi bordi. Lekin bu bilan natija o'zgarmadi. Har ikkala terma jamoa yuqori cho'qqiga chiqdi.

Bu nimadan dalolat? Yo'lga qo'yilgan ajoyib tizim shu qadar shaffof ishlayaptiki, bu asosiy tarkib futbolchilarisiz ham ko'zlangan maqsadga erishish mumkinligini ko'rsatmoqda. Yani, terma jamoa degani bu faqat saralab olingan 23 futbolchidan iborat jamoa emas. Terma jamoaga istalgan futbolchi o'ynashi mumkin va ular shunga tayyor va shay bo'lmog'liklari kerak. Barcha terma jamoa falsafasini tushunishi va bu ularning miyalariga singdirilishi zarur.
O'tgan yili ikkinchi Bundeslida yurgan Sandro Vagnerga: "Sen kelasi yili Germaniya bilan Konfederaciyalar kubogida zafar quchasan", desa, hujumchi ishonardi. Lekin qolganlar bunga ishonmasdi. Germaniyada hamma terma jamoadan o'rin olishi mumkinligiga ishonadi. Ularda ishonch bor.
Lekin raqobat juda kuchli ekanligini barcha biladi. Terma jamoadan o'rin olish uchun keragidan ortiq ter to'kishi va terlashi lozim. Busiz iloji yo'q.

Yoaxim Lyovning yana bir o'ziga xos odati, bu murabbiy ko'p ham tanqidlarga etibor bermaydi. Masalan JCH-2014da yakuniy tarkibga o'sha paytga kelib klubdagi o'rnini yo'qotib qo'ygan Lukash Podolskini kiritgani uchun keskin tanqid qilingan.
Germaniya matbuoti Yoaxim Lyovni har qancha yutuqlarga erishmasin tanqid qilishdan charchamaydi. Ayniqsa tarkib masalasida. Har gal tarkib masalasida Lyovga savollar ko'payadi. Lyov ham ancha o'jar murabbiy. O'z qarashlariga ega va qarorini o'zgartirmaydigan mutaxassis.
O'shanda Lyov Podolski bo'yicha juda ajoyib javob qilgandi.
Murabbiy Lukashni terma jamoaga jalb etganini asosiy sababi sifatida terma jamoadagi muhitni ko'rsatgandi. Lukash maydonga tushmasligi mumkin, ammo u kiyinish xonasida o'z o'rniga ega va jamoaga yaxshi tarafdan tasir etadi. Meni har qancha tanqid qilishlariz mumkin, ammo o'yin amaliyotisiz qolgan va sport formasi joyida bo'lmagan Podolski menga kerak, degandi. Yakunda esa uning qarori o'zini to'laligicha oqlagan.


Yoki JCH-2010dan keyin Lyov Kisslingni terma jamoaga jalb etmay qo'yadi. Bu juda katta tortishuv va etirozlarga sabab bo'ladi. Matbuot Lyovni juda keskin tanqid qiladi va har safar Kisslingni nega chaqirmayapsiz, degan savollar bilan ko'mib qo'yiladi. O'shanda Lyov hujumchini terma jamoaga baribir chaqirmasligini aytadi. Natijada esa ajoyib sport formaga ega bo'lgan Kissling Evro-2012 va JCH-2014da qatnashmaydi. O'jar Lyov o'z qarorini o'zgartirmaydi. Lekin bu ularning muvaffaqiyatiga to'sqinlik qilmaydi.
Kissling bilan Lyov JCH-2010da asosiy tarkibga kira olmayotganidan ranjigani va terma jamoa gollarini barcha qatori katta quvonch bilan qarshi olmagani uchun tortishib qolgan. Lyovning yozilmagan qoidalari biri, bu terma jamoadagi barcha 23 futbolchi maydonga tushsa yoki tushmasa ham o'zini jamoaning bir bo'lagi sifatida his etishi va jon kuydirishi lozim. Agarda murabbiy futbolchida qandaydir etiroz yoki boshqacha reakciyani sezsa, tezda tarkibdan yo'qotadi.
Kisslingni tarkibdan chiqib ketishiga shu narsa sabab bo'lgan.


Lyov Braziliyadagi mundialga terma jamoadagi muhit va Klozeni JCH tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lishi uchun imkoniyat taqdim etadi. Qariya Kloze esa imkoniyatdan unumli foydalanadi va o'z maqsadiga erishadi. SHuningdek, Lyov o'shanda Kloze nafaqat mutlaq rekordchi bo'lishi, balki JCHda chempion bo'lishga ham loyiqligi uchun uni terma jamoa bilan Braziliyaga olib ketadi.
Uning bu qarorlari o'zini oqlaydi.

Lyov har gal mundialga boradigan tarkibiga kamida 12ta o'zgarish qiladi. Bu orqali Lyov asta-sekinlik bilan terma jamoada avlodlar almashuvini ham ziyonsiz amalga oshiradi.

Lyovning tarkibida har doim yoshlarga o'rin ajratiladi, porlagan yulduzlarga imkoniyat taqdim etiladi va ularni to'g'ri yo'lga boshlashlari uchun nisbatan qariya futbolchilarga ham joy beriladi. Lyovni tarkibida minimum uchta nisbatan qariya futbolchiga imtiyoz berilishi mumkin.

O'z principlariga ega, o'jarligi bor, taktik jihatdan juda kuchli murabbiy nemis mashinasi ruliga o'tirganidan buyon barcha musobqalarda kamida yarim finalga qadar bormoqda. Fantastik natija.
Hamma ishni o'z vaqtida, myorida bajaradigan benazir murabbiy.
Lyov uchun futbolchining yoshi muhim emas. Xoh u yosh bo'lsin, yoki qariya. Muhimi o'sha futbolchining maydondagi harakati va maydon tashqarisidagi vatanparvarligi yuksak bo'lishi lozim. Lyov nemis mashinasini ajoyib boshqarmoqda. Bu safar Yoaxim "Mers"ni garajda qoldirib, Rossiyaga "Opel"da borgandi. Bu faqat bitta narsani aniqladi. Lyov super haydovchi ekan. Gap faqat mashinada emas, balki haydovchiga ham bog'liq.

Lekin Germaniya matbuoti fantastik natijalar qayd etayotgan murabbiyni faqat maqtovlar og'ushida qoldirmaydi. Kerak paytda har doim unga tanqidlar va tarkib bo'yicha etirozlar uchrab turadi. Busiz iloji yo'q. Germaniya terma jamoasida har doim tarkib bo'yicha savollar tug'iladi. CHunki futbolchi juda ko'p. Kimni tanlamasin, baribir yakuniy 23talikdan kimdir tushib qoladi.

SHuni alohida aytish kerakki, Lyovni, umuman Germaniya terma jamoasining bu kabi muvaffaqiyatiga faqatgina tizim yoki murabbiyning emas, balki OAVning ham o'rni bo'lakcha.


Barcha o'z ishini qiladi. Germaniyada matbuot yutsa maqtaydi, muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, xatolari va ayblari ko'rsatadi. Aslida barcha joyda shunday, bo'lsa kerak. SHuning uchun ham Germaniyada rivojlanish, yuksalish yuqori tezlikda davom etmoqda. To'xtab qolish yo'q.

Germaniya terma jamoasini mashinaga qiyoslashsa, unda Lyov o'z-o'zidan haydovchi bo'ladi. Demak germaniyalik jurnalistlar - YPX xodimlari. Ular doim haydovchini yo'l harakati qoidalariga amal qilishga undashmoqda. Yoaxim Lyov esa eng tartibli va shu bilan birgalikda elit toifadagi "kaskadyor" haydovchi...


SHahboz BEG'AMOV

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика