Kasilyas terma jamoalarda o'yin o'tkazish bo'yicha 7-o'ringa chiqib oldi
14 noy 2015 10:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/188580_original.jpg)
![](/upload/storage/188580_220.jpg)
Kasilyas terma jamoalarda o'yin o'tkazish bo'yicha 7-o'ringa chiqib oldi
Portu posboni Iker Kasilyas Ispaniya va Angliya o'rtasidagi o'yinda (2:0) maydonga tushdi.
Bu 34 yoshli futbolchi uchun milliy terma jamoa safidagi 165-o'yin bo'ldi.
SHunday qilib, Kasilyas AQSH sobiq futbolchisi Kobi Jonsni ortda qoldirdi va terma jamoalardagi o'yin soni bo'yicha jahonda 7-o'ringa chiqib qoldi.
O'z milliy terma jamoalarida Kasilyasdan ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar: Ahmad Hassan (Misr– 184), Muhammad Al-Deayya (Saudiya Arabistoni – 178), Klaudio Suares (Meksika – 177), Hussam Hassan (Misr– 169), Ivan Urtado (Ekvador – 167) va Vitaliy Astafev (Latviya – 167).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar