"Atletik" afsonasi Iker Munyain yangi klubi bilan shartnoma imzoladi
08 sen 2024 13:52
Yangiliklar
"Atletik" afsonasi Iker Munyain yangi klubi bilan shartnoma imzoladi
"Atletik" sobiq yarim himoyachisi Iker Munyain Argentinaning "San-Lorenso" klubi azosiga aylandi.
Bu haqda Janubiy Amerika klubi matbuot xizmati xabar berdi. 31 yoshli bask 2025 yilning 31 dekabriga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Iker — "Atletik" tarbiyalanuvchisi, u bosh jamoa safida 2009 yilda harakat qilishni boshlagan. Munyain basklar bilan birga Ispaniya kubogi va ikki bor mamlakat Superkubogiga ega chiqqan. Iker o'zining jonajon klubida barcha musobaqalarda 560ta o'yinda maydonga tushib, 76ta gol va 70ta assist qayd tgan. Iker 2012 yildan 2019 yilgacha Ispaniya terma jamoasiga jalb etilgan va ikkita o'yinda maydonga tushgan. Transfermarkt o'yinchini 5 mln evroga baholamoqda.
Fikrlar