Kasilyas: "Portu" shifokori hayotimni saqlab qolgan"
09 apr 2020 12:18
Yangiliklar


Kasilyas: "Portu" shifokori hayotimni saqlab qolgan"
"Real" va Ispaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni infark bo'lgani haqida esladi.
Eslatib o'tamiz, voqea 2019 yilning 1 mayida sodir bo'lgandi. O'shanda u "Portu" sharafini himoya qilayotgandi. Iker mashg'ulotlar paytida o'zini yomon his qilgan.
"Qo'rqib ketgandim. Mening omadim, o'sha paytda mashg'ulotlar lagerida edim va shifokor juda tezkorlik bilan harakat qildi. U mening hayotimni saqlab qoldi. Agar bu boshqa joyda sodir bo'lganida, tirik qolmasdim", - deydi Kasilyas.
Ispaniyalik darvozabon yurak hurujidan so'ng tuzaldi va to'laqonli safga qaytolmadi va shu yilning fevral oyida futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar