Karrasko jamoadoshining burnini sindirdi va unga 10 ming evro taklif qildi
20 noy 2018 18:25
Yangiliklar
Karrasko jamoadoshining burnini sindirdi va unga 10 ming evro taklif qildi
"Dalyan Ifan" yarim himoyachisi Yannik Ferreyra Karrasko avgust oyida jamoadoshi Czin Pensyanning burnini sindirgani uchun unga 10 ming evro taklif qilganini aytib berdi.
"Bu voqea ancha oldin sodir bo'lgan. Mashg'ulotda to'qnashib ketdik, Czin Pensyanning burni sindi.
Czinni yaxshi futbolchi va ajoyib inson deb hisoblayman. Mashg'ulotda kutilmagan vaziyatlar sodir bo'lishi mumkin. Uning jarohatidan xafa bo'ldim.
Undan kechirim so'rayman. U tezroq safga qaytadi va kelasi mavsum birga o'ynaymiz degan umiddaman.
Bu borada ko'p mish-mishlarni eshitdim. Avvaliga davolanish uchun unga 10 ming evro taklif qilgandim, ammo agentim muammoni hal qildi. Natijada u pullarni olmadi" - deydi Karrasko.
Fikrlar