Saudiya Arabistoni klubi Karrasko bilan kelishib oldi

Sherzod Nurmatov
31 avg 2023
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Yannik Karrasko faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Manbaga ko'ra, "Al Shabab" belgiyalik futbolchi bilan shartnomaning shaxsiy shartlari bo'yicha kelishib olgan. Futbolchi transferga qiziqmoqda, Madrid klubi ham yarim himoyachini sotib, mo'maygina daromadga ega bo'lishni maqsad qilgan.

"Matraschilar" bugun yakuniy javob olishni xohlamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano