Belgiya terma jamoasining etakchi futbolchisi sardorlikni talashgan Tibo Kurtuani tanqid qildi
22 iyu 2023 10:37
Yangiliklar
Belgiya terma jamoasining etakchi futbolchisi sardorlikni talashgan Tibo Kurtuani tanqid qildi
Belgiya termasi yarim himoyachisi Yannik Ferreyra-Karrasko Tibo Kurtuaning xatti-harakatlari haqida gapirdi.
"Biz nima bo'lganini ozmi-ko'pmi tushundik. Biz murabbiy bilan gaplashdik, lekin terma jamoaning yoshi katta futbolchilari hali Tibo bilan gaplashish imkoniga ega bo'lmadik.
Biroq uning munosabatidan hafsalamiz pir bo'ldi. Axir u jamoaning bir qismi, uch nafar sardordan biri. Bog'ich – shunchaki atribut. Siz o'z individual jihatlaringiz bilan lider ekanligingizni ko'rsatishingiz kerak. U ketishga qaror qildi. Tizzasida jarohati bormi yoki yo'q, biz bilmaymiz. Ammo uning ketishiga sabablardan biri sardorlik bog'ichi edi", – dedi Karrasko.
Eslatib o'tamiz, Tibo Kurtua Avstriya bilan o'yindan so'ng Belgiya terma jamoasi qarorgohini o'zboshimchalik bilan tark etgan edi.
Fikrlar