Braziliya jamoasi ustozi O'zbekistonga qarshi o'yindan so'ng: "O'ylaymanki, ikkinchi uchrashuvda o'zimizni ko'rsata olamiz"
16 fev 2025 16:59
Yangiliklar
Braziliya jamoasi ustozi O'zbekistonga qarshi o'yindan so'ng: "O'ylaymanki, ikkinchi uchrashuvda o'zimizni ko'rsata olamiz"
Braziliyaning "Blockchain Sports" akademiyasi jamoasi bosh murabbiyi Antonio Ferreyra O'zbekistondan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng fikrlarini bildirdi.
"Bu jamoani yanvar oyida jamladik. Bu vaqt futbolchilarga bir-birini tushunib olishi uchun kam albatta. Shunga qaramay jamoamizda juda ahil va do'stona muhit bor. O'ylaymanki, keyingi uchrashuvda ijobiy natija qayd eta olamiz.
Ikkita bo'limni taqqoslasak, futbolchilar hali yosh va ular hali o'zlarini ko'rsata olishadi. Birinchi bo'limda hissiyotlar ko'p bo'ldi. Uchrashuvning navbatdagi qismida yigitlar xotirjam o'ynashdi. Ikkinchi o'yinda biz o'z o'yinimizni ko'rsatamiz",- deydi "Blockchain Sports" akademiyasi jamoasi murabbiyi Antonio Ferreyra.
O’xshash yangiliklar
14:30
Ravshan Haydarov: "Yosh tarkib bilan ishtirok etishimizga qaramay, men jamoamizga ishonaman" 13
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar