Karrager Pochettino MYUning taklifini qabul qilishi sababini aytdi
21 dek 2018 19:35
Yangiliklar
Karrager Pochettino MYUning taklifini qabul qilishi sababini aytdi
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino MYUning taklifini qabul qilishi kerak deb hisoblaydi.
"Agarda taklif qilishsa Pochettino MYUning taklifini qabul qilishi kerak. "Tottenxem"ning chiroyli stadioni ham, ularning muxlislari ham, yaqin yillarda qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan sovrinlar ham bunda ahamiyat o'ynamaydi.
"Tottenxem" - "Manchester Yunayted" emas! Bu klub MYU kabi katta bo'lmaydi. Pochettinoning "Tottenxem"dan qarzi yo'q. U "shporlar" bilan "Yunayted"dan bir necha marta kam bo'lgan byudjet bilan fantastik tarzda ishlay oldi.
U ham bunday imkoniyatlar kam bo'lishini biladi. Agarda u taklifni rad etsa, bu boshqa bo'lmasligi mumkin. Maurisioning MYU taklifini rad etishi ajablanarli holat bo'ladi", - dedi Karrager.
Fikrlar