So’nggi yangiliklar

17:41Ямаль "Севилья"га қарши баҳсда майдонга тушадими?  0 17:35"Металлург" - "Андижон" 0:0 (Матнли трансляция)  0 17:25"Бунёдкор" 10 йилдан сўнг меҳмонда "Локомотив" устидан камбэк қилган ҳолда ғалаба қозонди  8 15:44"Тоттенхэм" - "Вест Хэм" баҳси учун асосий таркиблар эълон қилинди  1 15:25МЮнинг янги раҳбари 100 000 кишилик арена хоҳлаяпти. У қанчага тушишини биласизми?  5 14:33Лапорта: "Барселона" қўл остимда ўзига муносиб жойга қайтмоқда"  5 13:41"Ван Нистелрой МЮда ўзини бош мураббийдек тутмоқда"  1 13:05МЮдагилар янги раҳбариятдан норози  0 12:33Зидан МЮда?  5 12:04"Барселона" ва "Реал"га Холанд керак. Кимда имконият кўпроқ?  6 11:32Тен Хаг: "Биз тўғри йўлдамиз"  10 11:03Хаби Алонсо фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  2 10:32«Манчестер Юнайтед» яна бир ҳужумчига 70 миллион фунт тўлашга тайёр  2 09:57АПЛ грандлари украиналик футболчи учун курашмоқда  1 09:15Анри биринчи, Салоҳ Роналдудан тепада! Goal ХХI асрнинг АПЛнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузди  12

Karlush Keyrush Eron termasining O'zbekistonga qarshi tarkibini elon qildi Yangiliklar

Karlush Keyrush Eron termasining O'zbekistonga qarshi tarkibini elon qildi

O'zbekiston milliy terma jamoasi 12 iyun kuni JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turi doirasida Tehron shahrida Eron termasi mehmoni bo'ladi.

O'zbekistonga qarshi o'yindan avval – 4 iyun sanasida eronliklar Podgorica shahrida CHernogoriya termasi bilan o'rtoqlik uchrashuv o'tkazadi. Karlush Keyrush mazkur o'rtoqlik o'yiniga 20 futbolchidan iborat tarkibni elon qilgani haqida xabar berilgandi.

Eron bosh murabbiyi O'zbekistonga qarshi o'yincha chaqirilgan tarkibni ham elon qildi. Tarkibdan 26 futbolchi joy egalladi.

Darvozabonlar: Alirizo Beiranvand (“Persepolis”), Muhammadrizo Akbari (“Traktorsozi”), Muhammad Mazaheri (“Zob Ahan”), Hamid Lak (“Saipa”);

Himoyachilar: Ramin Rizoian (“Vitess”, Gollandiya), Sayid Jalol Hussayni (“Persepolis”), Muhammad Ansari (“Persepolis”), Hussayn Mahini (“Persepolis”), Pejman Muntazari (“Al-Ahli”, Qatar), Murtazo Puraliganji (“Al-Sadd”, Qatar), Milad Muhammadi (“Terek”, Rossiya), Said Agxoi (“Traktorsozi”);

Yarim himoyachilar: Izzatulloh Purgaz (“Saipa”), Said Izzatullohi (“Anji”, Rossiya), Ehson Xajisafi (“Sepaxon”), Ali Karimi (“Lokomotiva”, Xorvatiya), Masud SHojai (“Panionios”, Greciya), Ashkan Dejaga (“Volfsburg”, Germaniya), Ehson Pahlavon (“Zob Ahan”), Alirizo Jahonbahsh (“AZ Alkmaar”, Gollandiya), Mehdi Turobi (“Saipa”), Vohid Amiri (“Persepolis”);

Hujumchilar: Mehdi Taremi (“Persepolis”), Rizo G'ochannajod (“Xeerenven”, Gollandiya), Karim Ansarifard (“Olimpiakos”, Greciya), Sardor Azmun (“Rostov”, Rossiya).

Eslatib o'tamiz, Eron – O'zbekiston uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida o'tkaziladi. O'yin mahalliy vaqt bilan 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi ko'zda tutilgan.

Malumot uchun, JCH–2018 saralashi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O'zbekiston 12 ochko bilan guruhda hozircha uchinchi pog'onada bormoqda.


Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика