Karlos Teves "Boka Xuniors" bilan xayrlashdi
05 iyu 2021 11:49
Yangiliklar
Karlos Teves "Boka Xuniors" bilan xayrlashdi
Argentinalik hujumchi ko'zda yosh bilan jamoani tark etdi.

"Men "Boka Xuniors" bilan xayrlashyapman. Hayotimdagi eng qayg'uli kunlardan biri. "Boka Xuniors" – bu mening hayotim. Faoliyatimni yakunlamoqdaman deb ayta olaman, lekin uch oydan keyin ertalab uyg'onib, boshqa jamoada bo'lsa-da, yana o'ynashni xohlab qolishim mumkin.
Men otamdan ayrildim, hatto uning o'limi uchun motam tutishga vaqtim bo'lmadi. Bugun men ota, o'g'il, aka bo'lishga etibor qaratishim kerak. Men oilamga kerakman", – dedi 37 yoshli Teves.
Karlos Teves 2018 yilning qishida "Boka"ga o'tgan edi. Bungacha u Xitoyning "SHanxay SHenxua", Italiyaning "Yuventus", Angliyaning "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Vest Xem" va boshqa klublarning ranglarini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar