Karlo Anchelotti: "Yaxshi oqshom, ammo biz hali yo'lning o'rtasidamiz"

Aziz Tukhtamuradov
7 apr 2022, 08:36
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Chelsi"ga qarshi o'yindan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz o'yinni ishonchli tarzda nazorat qildik. Xavfli qarshi hujumlar tashkil etdik. Yaxshi oqshom, ammo biz hali yo'lning o'rtasidamiz. 

O'yinni qanday tashkil qilish kerakligini namoyish qildik, Benzema esa ajoyib o'ynadi. Chiziqlar orasida bo'sh zonalar topa oldik. 

Bizda ustunlik bor, ammo seshanbada boshqacha o'yin bo'ladi. Ular baribir YCHLning amaldagi g'oliblaridir", - dedi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA