Karlo Anchelotti: "O'zi uchun o'ynaydigan yulduz - shunchaki yulduz. Jamoa uchun harakat qiladigani esa sovrinlarga ega yulduz"
22 avg 2021 01:42
Yangiliklar
Karlo Anchelotti: "O'zi uchun o'ynaydigan yulduz - shunchaki yulduz. Jamoa uchun harakat qiladigani esa sovrinlarga ega yulduz"
Karlo Anchelotti Kilian Mbappe jamoaga kelishi borasida gapirdi.
"Bilmadim. Hozirgi transferlar bozoridagi holat meni unchalik ham qiziqtirmayapti. Bizdagi tarkibning o'zi ham juda kuchli. Men ular bilan ishlayotganimdan xursandman.
Hozirgi "Real" istalgan sovrin uchun kurasha oladi. Bizda haqiqiy yulduzlar bor. Men ularni sanab berolmayman ham. Kurtua, Karvaxal, Nacho, Alaba, Benzema, Beyl, Azar. Ular juda ko'p.
Tarkibimiz yulduzlarga to'la. Ular mehnat qilishlari lozim holos. O'zi uchun o'ynaydigan yulduz - shunchaki yulduz. Jamoa uchun harakat qiladigan yulduz esa sovrinlarga ega yulduz", -deydi Karlo Anchelotti.
Fikrlar