So’nggi yangiliklar

22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  0 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  2

Karim Benzema: "Real"ni bir umr unutmayman" Yangiliklar

Karim Benzema: "Real"ni bir umr unutmayman"

Hujumchi Karim Benzema "Real" bilan xayrlashdi.

Franciyalik futbolchi Madriddagi 14 yillik faoliyatidan keyin Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoasiga o'tmoqda.

"Bunday xissiyotlar bilan gapirish ham juda qiyin. Biroq "Real"dagi barcha sheriklarimga, jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Biz birgalikda ajoyib yo'lni bosib o'tdik. Ular bilan bolalikdagi orzularim ushaldi.

"Real"ni hech qachon unutmayman. Bu dunyoning eng zo'r klubi. Biroq bu erdan ketish va boshqa tarix yaratish vaqti keldi, deb o'ylayman.

"Real"ga katta rahmat. Hayotimdagi eng zo'r yo'lni bosib o'tdim. Bolalikdagi orzularim Florentino Peres bilan birgalikda amalga oshdi. Uni ko'rganimda: "Bu inson jamoaga Ronaldo va Zidanni olib kelgan", deyman. U aqlbovar qilmas inson.

SHuningdek, Anchelottiga ham rahmat aytaman. Undan juda ko'p narsalarni o'rgandim. Bu men uchun biroz og'ir kun, o'z uyimdan ketayotgandekman. "Real" bilan shartnoma imzolaganimda faoliyatimni shu erda yakunlashni istardim. "Real"ning bir umrlik muxlisi bo'lib qolaman. Undan tashqari, meni doimo qo'llab-quvvatlagan, doimo kuch berib turgan muxlislarga ham minnatdorlik bildiraman", - dedi Benzema.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика