

"Neymar Messi bilan birga o'ynashini bilgani uchun "Barselona"ga o'tdi. Biz yangi Messilarni qidirmayapmiz, ularning o'zi bizga kelyapti. Odamlar Neymar va Suares Messi tufayli "Barselona"da o'ynay olmasligi haqida gapirishgandi, ammo bu yigitlar raqibni yanchib tashlashmoqda. "Barselona" futbolchi xarid qilishda Messi bilan maslahatlashmaydi" - deydi Kardoner.



