"Kardiff" ustozi: "Saloh 9.9 ballik sho'ng'ishni amalga oshirdi"
22 apr 2019 15:15
Yangiliklar


"Kardiff" ustozi: "Saloh 9.9 ballik sho'ng'ishni amalga oshirdi"
"Kardiff Siti" bosh murabbiyi Nil Uornok "Liverpul"ga qarshi bahsda Muhammad Saloh ishlab olgan penalti haqida fikr bildirdi.
Murabbiy misrlikni forvardni britaniyalik suvga sakrovchi Tom Deyliga tenglashtirdi.
80-daqiqada Saloh raqib jarima maydonchasida to'pni qabul qildi. "Kardiff" himoyachisi SHon Morrison misrlikni qo'li bilan ushlab oldi va forvard yiqildi. Bosh hakam penalti belgilaganidan so'ng, Jeyms Milner 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi.
"Penalti shubhali edi. Biz Salohga yiqilish imkonini berdik. Natijada u Deyli kabi 9.9 ballik sho'ng'ishni amalga oshirdi. Siz yana Uornok noliyapti deb yozsangiz kerak" - deydi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar