Karantinning eng quvnoq "trolli"
20 apr 2020 09:05
Yangiliklar


Karantinning eng quvnoq "trolli"
"Menimcha, siz uchun Robboning karantindagi oddiy kuni qanday o'tishi qiziq bo'lsa kerak", – yozib qoldirdi futbolchi o'z "Tvitteri"da.
Kunlik tartib quyidagicha ko'rinish olgan:
08:00 – bolalarni ovqatlantirish
08:25 – Trentga qo'ng'iroq qilish
08:30 – yigitlar bilan birga yoga mashqlarini bajarish
09:00 – Irn-Bru (energetik ichimlik) olish va o'zini engil his qilish (chunki Endryu bunga loyiq)
09:05 – Trentga qo'ng'iroq qilish va unda hammasi joyida ekanligini bilish
10:00 – har ehtimolga qarshi yana Irn-Bru ichish
10:05 – Milnerning instagramini ko'zdan kechirish
11:05 – mashg'ulot zali
12:15 – tushlik
13:15 – van Deykka uni sog'inganim haqida yozish
15:00 – yana Trentga qo'ng'iroq qilish, shunchaki
15:15 – "Barsa"ga burchak to'pidan urilgan golni qayta tomosha qilish, chunki buni Trent so'radi
15:30 – bog'da o'sha burchak zarbasini qaytarib ko'rish
19:00 – bolalarni uxlashga yotqizish
22:00 – Trentga xayrli tun tilash
Robertsonning obunachilari buni etiborsiz qoldirishmadi hamda bir sutka ichida "tvit"ga 200 mingdan ziyod "layk" bosishdi va 30 mingga yaqin muxlis "tvitni" o'z do'stlariga ham ulashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar