Karantindan qaytgan Bundesliga haqida (tahlil)
17 may 2020 06:29
Yangiliklar


Karantindan qaytgan Bundesliga haqida (tahlil)
Yo'lda to'xtab qolgan nemis karvoni rasman yana harakatni boshladi. Tur esa "Rur derbisi" orqali boshlandi. Turning eng katta afishasi shubhasiz Dortmundda o'tgan "Borussiya" - "SHalke" o'rtasidagi bahs bo'ldi. Mazkur o'yinda Lyusen Favr shogirdlari ancha puxta tayyorgarlik ko'rganliklarini o'yin to'liq dortmundliklarning ustunligida o'tgani isbotladi. "SHalke" karantin davridagi holatdan chiqib ketishga qiynaldi, shekilli. David Vagner jamoasi bellashuvda markazni to'liqligicha raqibga topshirib qo'ydi, qarshi hujumdagi rejalari ish bermadi. Hisob ishonchli ko'rinishga kelganida Dortmund atayin o'yin tizginini raqibga topshirib, biroz tin olmoqchi bo'lganda esa "SHalke"da pozicion hujumlarni uyushtirishda ham ko'plab muammolar borligi ko'rinib qoldi.
"Borussiya" tarkibida doimgidek hujumni samarali yakunlashda Xoland, qanotlar orqali tezkor reylarni uyushtirgan va bazida qanotdan markazga ko'chib, vaziyatni keskinlashtirib turgan Gerreyru hamda Hakimi va hujumlarni tashkil etilishida eng muhim bog'lamga aylangan Azar hamda Brandt bugun o'zlarining yorqin o'yinlarini namoyish etishdi. Xoland va Azar gol urgan, Gerreyru dubl qayd etgan bo'lsada, maydonda noyob o'ynagan Brandt mazkur o'yinda jamoaning muhim figurasiga aylanib, haqli olqishlarga loyiq ko'rildi. Birinchi va to'rtinchi golni tashkillashtirilishida jonbozlik ko'rsatgan bo'lsa, ikkita golga assistentlik qildi.
Borussia Dortmund Erling Haaland - 29', Raphael Guerreiro - 45', Thorgan Hazard - 48', Raphael Guerreiro - 63' |
1. Bundesliga . 26-tur 16/05/2020, 19:30 0
:
4
Tugadi
|
Schalke 04 |
Stadion: Signal Iduna Park, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Deniz Aytekin
SHu tariqa qizg'in va murosasiz kechishi kutilgan derbida "Borussiya" engil o'ynadi va ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Bu g'alaba ularni hozircha bitta kam o'ynagan peshqadam "Bavariya" bilan oradagi farqini 1 ochkogacha qisqartirdi.
RB Leipzig Yussuf Poulsen - 77' |
1. Bundesliga . 26-tur 16/05/2020, 19:30 1
:
1
Tugadi
|
Freiburg Manuel Gulde - 34' |
Stadion: Red Bull Arena Leipzig, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Manuel Graefe
Kunning qiziqarli to'qnashuvlaridan biri Leypcigda Yulian Nagelsmann boshqaruvidagi mahalliy jamoa "Frayburg"ni mehmon qildi. CHempionlik uchun kurashayotgan "Leypcig" evrokuboklar umididagi "Frayburg"dan birinchi davrada mag'lub bo'lgandi. Mazkur o'yindagi mag'lubiyat alami va karantin davridagi 2 oylik futbol sog'inchi tufaylimi, dastlabki bo'limda o'ziga o'xshamadi. Aksincha, "Frayburg" minimal vaqt to'p bilan muomulada bo'lgan bo'lsada, o'sha vaqtda bundan naf chiqarish uchun samarali harakat qildi. Natijada burchak zarbasidan keyin doim ham kuzatilmaydigan holatda Manuel Gulde chiroyli gol muallifiga aylandi. Tanaffusdan keyin Nagelsmann o'yin burilishi o'zgartirib, asosiy vaqtni raqib jarima maydonchasi oldida o'tkazdi. Keskinlik va xavfli vaziyatlar soni oshdi. Ko'p vaziyatlarda esa Aleksandr SHvolov "Frayburg"ni muqarrar gollardan qutqardi. Biroq tinimsiz hujumlar yog'dirgan maydon egalarining 77-daqiqadagi urinishida Kamplning uzatmasini Poulsen boshi bilan darvozaga aniq yo'llab, muvozanatni tikladi.
Qizig'i, o'yinga qo'shib berilgan daqiqaning so'nggisida "Frayburg" yana standart vaziyatidan gol urdi. Biroq jarima zarbasi tepilgan paytda raqib futbolchisi offsayd holatiga tushib qolganini aniqlagan VAR "Frayburg"ning g'alaba golini bekor qildi va "Leypcig"ga 1 ochkoni taqdim qildi.
Ikki xil taym va natijada durang. Bir tarafdan adolatli yakun, ikkinchi tomonlama o'yin borasida ustunlik qilgan mezbonlarning atigi 1 ochko olishi "Leypcig"ning chempionlik poygasidan ancha uzoqlashtirib qo'ygandek taassurot qoldirdi. Natijada qo'lga kiritilgan 1 ochko egallab turgan uchinchi o'rnini saqlab qolish uchun ham etarli bo'lmadi.
Augsburg Tin Jedvaj - 54' |
1. Bundesliga . 26-tur 16/05/2020, 19:30 2
:
1
Tugadi
|
Wolfsburg Renato Steffen - 43', Daniel Ginczek - 90' |
Stadion: WWK Arena, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Felix Brych
Do'konga tish pastasi uchun chiqqan va karantin qoidalarini buzib "qo'lga tushgan" "Augsburg"ning yangi bosh murabbiyi Xayko Xerrlix jamoasining o'yinini televizor qarshisida tomosha qilishiga to'g'ri keldi. Bu esa "Volfsburg"ga qarshi o'yinda "Augsburg"ga qimmatga tushdi. Qiziqarli kechgan bahsda dastlab "bo'rilar" hisobni ochib, mezbonlarni noqulay sharoitga qo'yishdi. Ikkinchi bo'limda esa vaziyatni o'nglashga erishgan "Augsburg" darvozasi oldida uchrashuv yakuniga yaqin ko'plab xavfli vaziyatlar sodir etildi. Natijada qilingan harakatlar o'z samarasini ko'rsatdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan hujumchi Ginchek "Volfsburg"ning g'alaba goliga mualliflik qildi. Mazkur qimmatli g'alaba jamoaning turnir jadvalidagi mavqeini saqlab qolishga yordam berdi va Evropa ligasi yo'llanmasi uchun kurashda imkoniyatlarini yaxshiladi.
Fortuna Duesseldorf |
1. Bundesliga . 26-tur 16/05/2020, 19:30 0
:
0
Tugadi
|
Paderborn |
Stadion: Merkur Spiel-Arena, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Frank Willenborg
Autsayder o'rtasidagi o'yin ham turnir jadvali etibori bilan markaziy bahs maqomiga tortardi. Juda ham qiyin ahvoldagi "Paderborn" safarda "Fortuna" bilan juda qattiq kurashdi. Qiziqarli va nisbatan mezbonlarning kichik ustunligida o'tgan bellashuvda hech bir jamoaning hujumda omadi chopmadi. Natijada "Paderborn" xavfli hududdagi "qo'shni"siga yaqinlashib olish imkoniyatidan foydalana olmadi va jadvalning so'nggisida mustahkam qotdi.
Hoffenheim |
1. Bundesliga . 26-tur 16/05/2020, 19:30 3
:
0
Tugadi
|
Hertha Berlin Kevin Akpoguma - 58', Vedad Ibisevic - 60', Matheus Cunha - 74' |
Stadion: Prezero Arena, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Christian Dingert
Turning yana bir kutilmagan deyishga loyiq o'yini "Xoffenxaym" - "Gerta" uchrashuvida sodir bo'ldi. Bruno Labbadianing kelishi va debyuti "Xoffenxaym"ni "bo'g'ib" qo'ydi. Birinchi bo'limda sokinroq o'tgan bahs, ikkinchi taymga kelib mehmonlarning benifisiga aylanib ketdi. Dastlab Akpoguma o'z darvozasini ishg'ol etib qo'yib, "Gerta"ga hisobda ustunlikni taqdim etgan bo'lsa, so'ngra Ibishevich va Kunya navbati bilan oradagi farqni uchtaga oshirib, yakuniy natijani o'rnatdi. Bruno Labbadianing debyuti omadli chiqdi. Mazkur g'alaba "Gerta"ni 14-o'rindan 11-pog'onaga qadar ko'tardi. "Xoffenxaym" esa evrokuboklar uchun kurashdagi vaziyatini ancha chigallashtirib qo'ydi.
Eintracht Frankfurt Andre Silva - 81' |
1. Bundesliga . 26-tur 16/05/2020, 22:30 3
:
1
Tugadi
|
Borussia Moenchengladbach Alassane Plea - 1', Marcus Thuram - 7', Ramy Bensebaini - 73' |
Stadion: Commerzbank Arena, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Felix Zwayer
Frankfurtda kechgan kunning oxirgi bellashuvida "Ayntraxt" "Borussiya" Myonxengladbaxga mehmondorchilik qilib yubordi. Uchrashuvning dastlabki daqiqasida Alassan Plea va oradan 6 daqiqa o'tar-o'tmas Markus Tyuramning gollari mehmonlarda startdayoq komfort sharoit taqdim etdi. Francuzcha hujum guruhi Marko Roze boshqaruvidagi "Borussiya"ning muvaffaqiyat "kaliti"ga aylanmoqda. Umuman uchrashuvning qolgan qismida ham mehmonlar ustunlik qilishdi va ikkinchi bo'limda Bensebayni penaltidan urgan goliga mezbonlardan bir porlab, keyin yana soyada qolib ketgan Andre Silva birgina prestij goli bilan javob yo'lladi. Marko Roze boshqaruvidagi "Borussiya"ning g'alabasi turnir jadvalida "Leypcig"ni quvib o'tishni va nomdoshlariga yaqinlashib olish imkoniyatini taqdim etdi.
Karantindan qaytgan futbol, Bundesliganing dastlabki 6 uchrashuvi taassurotlari haqida: Bugungi o'yinlar kutilganidanda yaxshiroq darajada o'tdi, aslida. Jismoniy holat hech kimda optimal emas, lekin jamoalar nisbatan karantinga qaramasdan yaxshi sifatdagi futbolni taqdim etishdi. O'ziga xos jihatlar va ko'z o'rganmanagn taraflaridan, jamoalar maydonga jamoaviy saf tortib emas, balki darhol maydonga joylashuv asosida chiqib borishdi. Eng so'nggi bo'lib hakamlar chiqib kelishdi. Dortmundda o'yin tugagach, garchi stadionda tomoshabinlar yo'q bo'lsada, futbolchilar ashaddiy muxlislar o'tiradigan sektorga, yani «sariq devor» oldiga borishdi va ananaviy tarzda ularga minnatdorchilik tariqasida qo'llarni silkitib, g'alabani birga nishonlashdi. Bu ish «Borussiya» jamoasi uchun shunchaki muxlislarga minnatdorchilik bildirish emas, balki tarixiy anana. Respect! Video
To'g'ri, muxlislarsiz futbol baribir tuzsiz ovqat misoli. Lekin hozirgi davrda bu xavfsizlik va majburiy ekanligi inobatga olsak, bu mavzuga ortiqcha to'xtalishga hojat yo'q. Turning eng etiborga molik biri sifatida "Ayntraxt" himoyachisi Xintereggerning ajabtovur seyvi va dortmundlik futbolchilarning o'yindan keyingi muxlislarga bo'lgan hurmati. Video
SHu o'rinda Bundesliga restartining dastlabki kun o'yinlari tashkiliy taraflama ancha yuqori darajada va tartibli o'tgani tahsinga sazovor. Zerikib qolgan muxlislarga mavjud sharoitdan chiroyli bayram uyushtirayotgan GFLga alohida respekt aytish o'rinli.
Bugun esa turning yana ikki uchrashuvi o'tkaziladi. "Kyoln" uyida "Maync"ni qabul qilsa, "Bavariya" Berlinda "Union" mehmoniga aylanadi. Bu uchrashuvlar haqida sal keyinroq alohida gaplashamiz.
FC Koeln Mark Uth - 6', Florian Kainz - 53' |
1. Bundesliga . 26-tur 17/05/2020, 19:30 2
:
2
Tugadi
|
Mainz 05 Taiwo Awoniyi - 61', Pierre Kunde - 72' |
Stadion: RheinEnergieSTADION, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Guido Winkmann
Union Berlin |
1. Bundesliga . 26-tur 17/05/2020, 22:00 2
:
0
Tugadi
|
Bayern Munich Robert Lewandowski - 40', Benjamin Pavard - 80' |
Stadion: Alte Foersterei, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Bastian Dankert
Ha-ya, kechagi kunning oxirgi o'yinidan keyin "Tezkor studiya" tarkibi tezda yig'ilib, taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov ishtiroki Germaniya chempionati va tur o'yinlari haqida suhbatlashildi. Quyida ushbu dasturni tomosha qilib, Bundesliga borasidagi gap-so'zlardan yana boxabar bo'lasiz. SHuni ham alohida qayd etish kerakki, bugungi kunning oxirgi o'yini, yani "Bavariya" ishtirokidagi bahsdan keyin "Tezkor studiya" tarkibi yana yig'iladi va jonli efirda Germaniyadan maxsus mehmonlar, mutaxassis va ekspertlar bilan Bundesligani atroflicha muhokama qilinadi. Xullas, yaqinda Siz uchun sevimli bo'lib qolishi kutilayotgan chempionatni bizning saytimiz orqali kuzatib, tanishishda davom eting!
Hozircha shu. Bundesligani saytimiz orqali kuzatishda va balki o'zingiz uchun yangi chempionat kashf etishda davom eting!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar