So’nggi yangiliklar

20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  4 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  3 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6

Kapello A Seriya jamoalarining ECHLdan chiqib ketgani sababini aytdi Yangiliklar

Kapello A Seriya jamoalarining ECHLdan chiqib ketgani sababini aytdi

"Milan", "Roma", "Yuventus" kabi jamoalarning sobiq ustozi Fabio Kapello A Seriya jamoalarining ECHLdan chiqib ketgani haqida gapirdi.

Bunga qadar "Bolonya" 28-o'rinni olib, turnirni umumiy guruh bosqichidayoq tark etgan bo'lsa, o'tish bosqichida "Yuventus" PSVga, "Milan" esa "Feyenoord"ga imkoniyatni boy berdi. Faqatgina "Inter" kuchli 8 jamoa ichida to'g'ridan-to'g'ri pley-off bosqichiga yo'llanma olgan.

"PSV - "Yuventus" o'yinida ko'rindiki, Italiya jamoalari raqibning yuqori bosimiga dosh bera olmaydi. PSV darvozaboniga to'pni oshirmadi, ortga o'ynamadi, hatto hisobda ustunlik qilayotganda ham doimo oldinga harakatlandi.

"Yuventus"ning dastlabki 45 daqiqaligi menga yoqdi, ular yuqori pressing amalga oshirishdi va PSVni o'z darvozasiga yaqinlashtirmadi. Tanaffusdan keyin "Yuventus" 10 daqiqada ko'p kuch yo'qotdi va charchagandek ko'rinib qoldi. Balki Tiago Motta o'zgarishlarni ertaroq amalga oshirishi kerak bo'lgandir. U 10 daqiqa mobaynida assistentlari bilan ko'p narsalarni muhokama qilib o'tirdi.

"Milan" esa o'zini-o'zi qurbon qildi. Teo Ernandesning qizil kartochkasidan keyin murabbiy o'yinni qayta qura olmadi. Masalan, Ximenesni bekorga o'yindan olib tashladi.

"Atalanta"da esa birinchi o'yinda omad kelmadi. Biroq javob o'yinida "Bryugge" haqiqiy jamoa ekanligini namoyish qilib berdi. Ular "Atalanta"ni personal o'yin orqali mag'lub qilib, tezlik va texnikada ustunlik qildi.

Biz shunga amin bo'ldik-ki, A Seriya Evropaning yuqori templi futboliga dosh bera olmaydi. 2023/24 yilgi mavsumida liga o'sishga erishgandi. Biroq shundan keyin faqatgina ortga qadam tashlanmoqda", - dedi Kapello.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика