Kante "Norvich"ga qarshi o'yinni jarohati sabab o'tkazib yuborishi mumkin, Ryudiger aniq o'ynamaydi
23 avg 2019 20:20
Yangiliklar
Kante "Norvich"ga qarshi o'yinni jarohati sabab o'tkazib yuborishi mumkin, Ryudiger aniq o'ynamaydi
"CHelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante APL 3-turidan o'rin olgan "Norvich"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborish ehtimoli bor.
Uning jarohati bunga sabab bo'lishi aytilmoqda. SHuningdek, ushbu bahsda himoyachi Antonio Ryudiger o'ynamasligi aniq bo'lib ulgurgan.
"Kante mashg'ulotda jarohat oldi, yaqin sutka ichida uning holatiga baho beramiz. SHunda maydonga tushishi yo tushmasligi oydinlashadi. Ryudiger hali tayyor emas. Keyingi haftadan u ham xizmatda bo'lishiga umid qilaman. O'ylashicha, o'tgan bellashuvga nisbatan bu tarkibda yagona o'zgarish bo'ladi", - deydi "CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard.
Fikrlar