Kante CHelsi safida maydonga tushadimi?
08 iyu 2020 23:11
Yangiliklar


Kante CHelsi safida maydonga tushadimi?
“CHelsi” yarim himoyachisi Ngolo Kante haligacha mavsumni jamoasi safida davom ettirish borasida aniq bir qarorga kelgani yo'q.
SHunga qaramay fubolchi klubning Kobxemdagi bazasiga individual tarzda mashg'ulotlarni o'tkazish uchun tashrif buyurmoqda, biroq u haligacha umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnashayotgani yo'q.
U oila azolarining virus bilan kasallanishidan xavotirda. “CHelsi” rahbariyati esa futbolchining poziciyasini to'liq qo'llab-quvvatlamoqda va uni umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytarishga urinayotgani yo'q.
ESPN xabariga ko'ra, londonliklar ustozi Frenk Lempard mashg'ulotlarda Kantesiz harakat qilish sxemasiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Murabbiy mavsum so'nggi qadar futbolchining maydonga tushishiga umid qilmayapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar