

Azarning ketishi xafa bo'lish uchun sabab bo'lmaydi. Eden "Chelsi"da ajoyib davrni o'tkazdi. Bu klubda o'zini to'liq ko'rsata oldi. Bundan keyin hammasi qanday bo'lishini bilmayman. Lekin, unga faoliyatida omad tilayman.
Eden bu yerda uzoq vaqt bo'ldi va ko'plab sovrinlar yutdi. Shaxsan o'zim u bilan bitta klubda o'ynash imkoniyatiga ega bo'lganimdan xursandman", - deya Kantening so'zlarini keltiradi Goal nashri.

Avvalroq, Azar "Chelsi"dan ketayotganini ma'lum qilgandi.



