Kanselu burnidan operaciya bo'ldi va "Sampdoriya"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

Alisher
22 may 2019, 11:53
"Yuventus" himoyachisi Joau Kanselu sog'ligidagi muammolar sabab A Seriyaning so'nggi turini o'tkazib yuboradi.

Klub rasmiy saytining ma'lumotiga qaraganda Kanselu burni singanidan so'ng operaciya bo'lgan.

Portugaliyalik o'yinchi terma jamoaning 5 iyunda bo'ladigan Shveytsariyaga qarshi o'yingacha tiklanishga ulguradi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsumda "keksa sinora" tarkibida 34ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 8ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'yishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: juventus.com