"Yuventus" jamoa xavbeki bilan kelishuvga erishishga yaqin
04 may 11:42
Yangiliklar


"Yuventus" jamoa xavbeki bilan kelishuvga erishishga yaqin
26 yoshli amerikalik xavbek Ueston Makkenni Turinning "Yuventus" klubi bilan hamkorlikni uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Tomonlar yangi bitim imzolashga yaqinlashmoqda. Vestonning "keksa sinora" bilan yangi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Amaldagi kelishuv muddati 2025/2026 yilgi mavsum oxirida tugaydi. Makkenni joriy mavsum 40 ta o'yinda qatnashib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
"Yuventus" A Seriyaning 34-turidan so'ng 62 ochko jamg'arib, turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar