So’nggi yangiliklar

22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  0 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 3:1 (матнли трансляция)  34 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  12 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1

OKMK – "Andijon" va "Qizilqum" – "Navbahor" bahslarida ishlagan hakamlar nomuayyan muddatga chetlashtirildi Yangiliklar

OKMK – "Andijon" va "Qizilqum" – "Navbahor" bahslarida ishlagan hakamlar nomuayyan muddatga chetlashtirildi

Ekspert hakamlar OKMK – "Andijon" (4:3), "Qizilqum" - "Navbahor" (3:2) o'yinida faoliyat olib borgan hakamlar faoliyatini tahlil qildi.

Superliganing 8-turidan o'rin olgan OKMK – "Andijon" uchrashuvining 60-daqiqasida OKMK futbolchisi to'psiz vaziyatda raqib jamoa vakilining yuziga tirsak bilan zarba berdi. Bosh hakam Rustam Lutfullin ushbu holatda VAR hakami bilan maslahatlashgan holda to'g'ri qaror chiqardi va tegishli chorani ko'rdi.

Biroq bellashuvning 85-daqiqasida bahsli penalti holati yuzaga keldi. Futbolchilar o'rtasida to'p uchun kurash davomida bosh hakam penalti belgiladi. Ammo vaziyatni tahlil qilgan ekspert hakamlar qaroriga ko'ra, ushbu holatda 11 metrlik jarima zarbasi tayinlanmasligi kerak edi. 

Hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra, Rustam Lutfullin xatolikka yo'l qo'ygani uchun nomuayyan muddatga chetlashtirildi.


Shuningdek, "Qizilqum" – "Navbahor" o'yinining 90+5-daqiqasida bosh hakam Ahrol Risqullaev "Navbahor" futbolchisining qo'liga tekkan to'p sababli penalti belgiladi. VAR orqali vaziyat tekshirilgach, qaror o'zgarishsiz qolgan va 90+12-daqiqada ushbu penalti amalga oshirilgan. Ammo ekspertlar ushbu holatda futbolchining qo'li tanasiga yopishib turgani bois penalti tayinlanmasligi kerak deb topdi. 

Hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ahrol Risqullaev ham o'yinda yo'l qo'ygan xatosi tufayli nomuayyan muddatga chetlashtirildi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика