Kannavaro: "Napoli" muxlislari o'rnida men ham Iguainga xushtak chalgan bo'lardim"
04 apr 2017 14:47
Yangiliklar
Kannavaro: "Napoli" muxlislari o'rnida men ham Iguainga xushtak chalgan bo'lardim"
Italiyalik sobiq himoyachi Fabio Kannavaro "Napoli" muxlislarining "Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguainga bo'lgan munosabati haqida fikr bildirdi.
Argentinalik Turin klubidan oldin neapolliklar safida o'ynagan. A Seriyaning 30-turida "Napoli" - "Yuventus"ni qabul qildi (1:1). Muxlislar bu o'yinda quyidagi yozuvlar tushirilgan banner ko'tarishdi: "Sen biz uchun 1 raqam eding, hozir esa 71".
"Muxlislar kabi Iguainga xushtak chalgan bo'larmidim? Albatta. Xushtak g'azablantiradi. Agar ular juda ko'p xushtak chalishsa, uni juda yaxshi ko'rishganini, ammo hammasi esdan chiqqanini bildiradi. Ishqibozlar bu transferga reakciya bildirmaganida, alamliroq bo'lardi deb o'ylayman" - deydi Kannavaro.
Kannavaro "Napoli" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2004-2006 va 2009-2010 yillarda "Yuventus" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar